Get Mystery Box with random crypto!

Maktab darsliklari bepul beriladi – Shavkat Mirziyoyev Maktab | Abituriyentlar Kanali

Maktab darsliklari bepul beriladi – Shavkat Mirziyoyev

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berilgan.

Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf