O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay | Abit.uz | Rasmiy kanali
O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin ikkinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent ikkinchida o‘qishni istamay, birinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
Yo‘q, o‘qiy olmaydi. Agar abituriyent beshta yo‘nalishdan qaysidir biriga xoh grant, xoh kontraktga kirgan bo‘lsa, unda boshqa yo‘nalishlarda super-kontrakt qilolmaydi. Faqat beshala yo‘nalishdan birortasiga kira olmaganlargina super-kontraktda o‘qiy oladi.
Sirtqi va kechkida ham super-kontrakt bormi?
Bor. O‘tgan yili ham bo‘lgan, bu yil ham bo‘ladi.
@Abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!