Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 20-dekabrdan Magistratura qishki qabuli boshlandi Tanlo | Abit.uz | Rasmiy kanali



Bugun 20-dekabrdan Magistratura qishki qabuli boshlandi

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar bugun, 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Muhim jihati, oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!