Get Mystery Box with random crypto!

Nomsiz post 1. Oqtepadagi IELTS oʻqituvchingni oʻquvchisi IE | Abduxoliq blogi

Nomsiz post

1. Oqtepadagi IELTS oʻqituvchingni oʻquvchisi IELTS'dan 8.0 olibdi degani, sen ham u oʻqituvchida tayyorlansang 8.0 olasan degani emas, natija ustozdan koʻra 80% oʻzingga bogʻliq boʻladi.

2. YouTube'da qaysidir oshpaz qilgan ovqatni masalligʼi senda boʻlsa, sen ham shunday qila olasan degani emas, u katta ehtimol bilan maʼlum bir "sekretniy" kadrlarni qoʻymaydi.

3. Diplomatiyada oʻqigan bola, ertaga tashqi ishlar vazirligida ishlab ketadi dema, Toshkent diplomatiyani bitirgan tanishim hozir "zakanal-dakanal"da kirakashlik qilyapti, chunki u faqat "aʼlochi" boʻlgan edi

4. Kecha yugurgani chiqishni boshlab har kuni yugurgani chiqishni davom ettirib ketasan degani emas, kamida 21 kun oʻzingni moslashtirib olishing kerak. Organizming 21 kunda adaptatsiya hosil qiladi.

5. Bestseller* deb oʻylayotgan kitoblar meni dunyoqarashimni 720° ga oʻzgartirib yuboradi dema, maʼlum bir kitoblarni asosi "marketing"ga quriladi. Ular bilishadi, seni kitobni muqovasiga qarab sotib olishingni.

6. Kecha "Turbo Malibu" olgan palonchi akangga ishni koʻzini biladida, yoshligidan oʻzi toparman-tutarman edi dema, bilmaysan akang "totalizator"(qimor) oʻyinlarni ustasiligini.

7. Bu bola 2-3 ta narsani bilib olib yozaverarkanda dema demayman deyaver, chunki rostanam 2-3 ta narsani bilaman xolosda

P.S: Mana shu yerga nima yozishni bilmadim, chunki 2-3 ta bilgan narsamni yuqorida yozib boʼldim. Oʻzing biron nima deb yozib qoʻyaver kommentda, kutamanakan)

@samandarxojasblog