Get Mystery Box with random crypto!

Loyihamizning ilk videosi 600k'ga yaqin ko‘rilibdi Biz bu vid | Abdusattor

Loyihamizning ilk videosi 600k'ga yaqin ko‘rilibdi

Biz bu videoning bu darajada ommalashib ketishini kutmagan edik. Video ostida qoldirilgan izohlar shaxsan meni hayratga soldi.

Videoda biz hozirgi vaqtda erkaklarning zaiflashib borayotgani, o’z vaqtida ulg’aymayotganligi va bunga yumshoqlashib ketayotgan jamiyat sababchi ekanligini aytganmiz. Ushbu videoda keltirib o’tilgan tahlillar va turli manbalardan olingan statistik ma’lumotlar mavzuning shunchaki o’ylab topilmaganligini, aksincha jamiyatda haqiqiatan ham shunday og’riq mavjudligini ko’rsatadi.

Xususan, erkaklik inqirozi videosi chiqarilgandan keyin juda ham ko’pchilik yoshlar aynan videoda aytib o’tilgan psixologik holatga tushib qolganini yoki shunday holatni boshidan o’tkazganligini aytib menga xabarlar yozishdi. Agar ushbu video orqali kimlargadir yordamim tekkan bo’lsa, men bundan bag’oyat xursand bo'laman.

Shu bilan birga, men jamoam bilan birga sizlar uchun yana bir qiziq mavzu ustida ish olib boryapmiz. Tez kunlarda ushbu materialni sizlarga havola etaman. O’ylaymanki, ushbu video ham insonlar uchun manfaatli bo’ladi!

”Erkakalik inqirozi”

@abdusattor