Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim zamonaviy kasblar markazida men rahbarlik qiladig | Abdusattor

Najot Ta'lim zamonaviy kasblar markazida men rahbarlik qiladigan O'quv ishlari bo'yicha bo'lim jamoasiga ta'lim tizimida ish tajribasi va liderlik ko'nikmalariga ega mutaxassis izlayapmiz.

Asosiy talablar:
- Najot Ta'lim qadriyatlariga mos kelish;
- Eng kamida bakalavr daraja;
- Ta'lim tizimi, xususan, ta'lim boshqaruvida kamida 1 yillik professional tajriba;
- Ingliz va rus tili yoki ikkisidan birida erkin muloqot qila olish;
- Ta'limni va ta'lim boshqaruviga aloqador barcha jarayonlarni sevish va bu ishdan zavqlanish.

Agar siz o'zingizni ushbu joyga munosib deb hisoblasangiz, quyidagi forma orqali ro'yxatdan o'tib so'rovnomani to'ldirishingizni so'rayman. Har bir nomzodni o'zim ko'rib chiqaman, inshaalloh.

Formani to'ldirish uchun: https://forms.gle/iW4KncG3gUjeFh4Q9

@javharuz