Get Mystery Box with random crypto!

​Angliyadagi 'Cambridge' universitetiga sayohat 'Cambridge | Abdusattor

Angliyadagi "Cambridge" universitetiga sayohat

"Cambridge" o'quv markazining YouTube sahifasida "World Top Universities" nomi ostida yangi loyiha boshlanmoqda. Ushbu loyiha dunyoning eng nufuzli, TOP universitetlariga bo'lgan eksklyuziv sayohatlarni o'z ichiga oladi.

Taniqli YouTube bloger Davron Alijonov tomonidan olib boriladigan ushbu loyihaning birinchi sonida Angliyadagi "Cambridge" universitetiga sayohat qilamiz.

Video mobaynida Cambridge universitetining boy tarixi, hozirgi kundagi nufuzi va universitetning ichki atmosferasi bilan yaqindan tanishib olasiz!

Bugun soat 20:00 da video premyerasi bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang!

Havola: