Get Mystery Box with random crypto!

Qadamlar... --- Xohlagan tarafingizga qarang, lekin qalb kòzl | Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Qadamlar...

--- Xohlagan tarafingizga qarang, lekin qalb kòzlaringiz Allohnong buyukligini kòrsin!

--- Xohlagan gapingizni gapiring, biroq qalb tilingiz Uning zikrini qilsin!

--- Xohlagan narsangizni eshiting, ammo qalb quloģingiz Uning kalomini tinglasin!

--- Xohlagan tomoningizga yuring, lekin qalbingiz U tomonga qadam tashlasin!

Qalbingiz, ruhingiz, jismingiz, fikringiz, xohishingiz, xayollaringiz ila Unga talpining, iltijo qiling,xohatmand bo'ling.

--- Qo'lingizga qalam olsangiz òzingizga savol bering: men bu varoqqa yozmoqchi bòlganimdan Alloh rozi bo'ladimi?!

--- Gap gapirmoqchi bo'lsangiz,o'zingizdan sòrang: Uni rozi qiladigan gap gapiramanmi?!

--- Yòl tutmoqchi bo'lsangiz, òylang, tutayotgan yòlingiz Uning nazdida mahbubmi?!

Diqqat ila qalbingiz tòriga osib qòying: ALLOH NIMADAN ROZI BO'LADI?!

Hamma vaqt Unga muhtojlik izhor eting.
Unga boģlaning. Yarim kechasi uyģonsangiz ham Uni eslang. Uni zikr qilmasangiz, eslamasangiz,xayollaringiz parishondir. Uning ismi xotirangizdan òtmasa,aqlingiz xarobdir. Fikrlaringiz bamisoli kòlmak. Agar bunga doim tirik bo'lgan Zotning zikri kelsa, u anhor bo'lib qoladi, boģu roģga aylanadi, unda bulbullar sayraydi.

°"Chunki Sen Allohsan..."
Ali Jobir Fiyfiy.


@kapalagim_umri