Get Mystery Box with random crypto!

Imom Buxoriy rohimahullohni onalari murattab qoriya edilar, sa | Абдумалик Бухорий

Imom Buxoriy rohimahullohni onalari murattab qoriya edilar, sakkiz ming hadis yodlagan edilar.

Hozirgi kunda ko’p muslimalar “mani farzandim shayx bo’ladi”, “Quddusni fath qiladi”, “Qori, faqih, olim bo’ladi”, “ummatga foyda keltiradi” va shunga o’xshash gaplarini eshtamiz.

Solih farzand qayerdan paydo bo’ladi, agar sizning g’amingiz faqat yeyish, ichish, kiyish bo’lsa?

Ilmli farzand qayerdan paydo bo’ladi, agar siz kuniga 3 soatingizni ilmga bag’ishlay olmasangiz?

Faqih farzand qayerdan paydo bo’ladi, agar siz hatto fiqh nima ekanligini bilmasangiz?

Qori farzand qayerdan paydo bo’ladi, agar siz Qur’onni o’qib, uni ustida tafakkur qilishni bilmasangiz?

Olim farzand qayerdan paydo bo’ladi, agar siz hatto o’nta hadis yoddan bilmasangiz, Qur’ondan bir juz to’liq bilmasangiz?

@abdumalikbuxoriy