Get Mystery Box with random crypto!

(davomi) Ertalab ko’zimni ochishga eringan holda uyg’ondim, | Abdulloh Sayfuddinov | Rasmiy blog

(davomi)

Ertalab ko’zimni ochishga eringan holda uyg’ondim, sababi mani kimdur olib ketish uchun kelishiga uncha ishonmasdim, to’satdan etilgan vaqtga mashina keldi va tayyorlanib yo’lga chiqdim. 2 oy uydan ko’chaga chiqmagan odam, karantin davrida ko’chada yurish huddi boshqa davlatda 5/10 yil yashab kegan odamdek bo’ldim, Targetning Sebzor filialiga yetib bordik, shundan so’ng receptionda Bekzodakani 30 minutdan oshiq kutdim, nega buncha uzoq kutganimni oradan 5/6 oy o’tkanimdan so’ng anglab yetdim, bu yangi hodim olish qoidasikan. Uzoq kutilgan suhbat jarayoni boshlandi. Dastlab mening nimalarni bilishim va nimalarga qiziqishim haqida gap bordi, ingliz tilini o’rganishimdan asosiy maqsad bu kelajakda ustoz yoki tarjimon bo’lib yaxshi pul topish edi, shu maqsadlarimni ham etib o’tdim. Shundan keyin Bekzodaka tomonidan maqsad qo’yish , oliy maqsad qo’yish haqida tushuntirish ishlari olib borildi, mani maqsadim pul uchun kasb egallash ekanini anglab yetdim, asl qiziqishim bo’lgan IT olamiga kirish haqida va bu olamda o’zim uchun to’g’ri yo’nalish tanlash borasida maslahatlar oldim. SMM sohasidan boshlab kelajakda Marketolog kasbini egallashni maqsad qilib oldim, oliy maqsadim esa Allohni roziligini topish va buni yo’lida harakat qilishga kirishdim. Eng avvalo SMM sohasini o’rganish uchun ustoz topishga harakat qildim va ko’p o’tmay ustoz topdim.

Davomi bor….

@abdullohsayfuddinov