Get Mystery Box with random crypto!

SMM sohasiga , umuman IT olamiga kirib kelish tarixim… 2019-y | Abdulloh Sayfuddinov | Rasmiy blog

SMM sohasiga , umuman IT olamiga kirib kelish tarixim…

2019-yil 10-yanvar Chorsu bozorida “Zapis melodiya” va “Programmistlik” yo’nalishida faoliyat yuritib kelayotgan kunimning eng so’nggi kuni, bu kunda o’z ish joyim, shaxsiy noutbukim(ichi to’la dasturlar, topib bo’lmas ma’lumotlar) bilan birgalikda yonib kul bo’ldi! Va man uchun qiyinchilik kunlari boshlandi. Bu kunlar noyabr oyigacha davom etdi. Shundan so’ng esa Ingliz tilini o’rganish va shu yo’nalishda yaxshi pul topishim mumkinligi haqida o’ylay boshladim. Shundan keyin Ingliz tili o’rgatadigan markazlar qidira boshladim. Turli xil markazlarni internet, gazetalar orqali topdim, lekin birortasi talabga javob bera oladigan ta’limni taklif qila olmadi. Shunda keyin bir tanishim Sebzor dahasidagi o’quv markaz haqida xabar berdi va shu zahoti ushbu o’quv markazni internet orqali qidira boshladim. Maqsadim tezroq til o’rganish va shu orqali ko’proq pul topish edi. Ushbu markaz bilan telefon orqali bog’landim va ertasi kuni birinchi darsga bordim. Bu markazning nomi “Target Education” edi va mening birinchi ustozim Hojimuhammad Nusratov. Shundan so’ng til o’rganishni boshlab yubordim, pre-intermediate darajasigacha ko’tarildim, 2020-yil 15-mart kuni O’zbekistonda pandemiya boshlandi va o’quv markazlari Online ta’limga o’tishdi. Online ta’limda to’g’risi til o’rganish ancha murakkab edi, shuning uchun ustozim bilan Telegram kanal orqali bepul darslar tashkil qilishni boshladik, Internetni yaxshi tushunganim uchun , Ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish man uchun murakkab emasdi. May oylariga kelganimizdan so’ng esa “Target”ga shaxsan brend asoschisi Bekhzod Jalilov ishga olish uchun suhbatga chaqirdi, ustozlarim tavsiya qilishgan ekan. Qanday soha deysizmi, SMM sohasiga. To’g’risi bu soha haqida xech qanday ma’lumotga ega emasdim. Suhbatga borish uchun tayyorgarlik ko’ra boshladim. Va usha kun keldi…

Davomi bor…

@abdullohsayfuddinov