Get Mystery Box with random crypto!

93:3

Telegram kanalining logotibi abdullohozod — 93:3 9
Telegram kanalining logotibi abdullohozod — 93:3
Kanal manzili: @abdullohozod
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

Xotiralar

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-27 09:48:12 Hamkorlar kerak!

Sir emas, oilalarning ajrimlar soni borgan sari oshib boryapti. Iyun oyining boshidagi statistika avvalgi yildan 23% oshganini koʻrsatdi.

Shu sabab jamoadagi doʻstlarimiz bilan ozgina boʻlsa ham bu noxush holatning oldini olishga yordam beradigan ish boshlagandik. Ishimiz oxirladiyu, faqat uni respublika boʻylab tarqatish uchun evaz talab qilmaydigan, balki ajrini Oxiratda kutadigan homiy(lar) kerak boʻlyapti. Sizda moddiy tomondan yordam berishga imkoniyatingiz boʻlsa yoki homiy tanishlaringiz boʻlsa, dalolat qilsangiz, iltimos.

Ushbu xabarni imkon qadar boshqalarga yuborishga qarashib yuborsangiz ham xursand boʻlamiz.

Homiylar, shu userga murojaat qiling: @hilol_loyiha
1.2K views06:48
Ochish/sharhlash
2022-07-26 23:34:02 Xabaringiz bor, tez-tez sahifa obunachilaridan yordam so'rab, ba'zi gap yo so'zlarning imloviy, lug'aviy xatolarini to'g'ri yo noto'g'riligini so'rayapman. O'zi deyarli barchasini Opamdan so'rab, ular mana shu to'g'ri deganlarini olaman. Lekin shoshilinchda yozsam, javob bermasalar, keyin bu sahifaga yozaman.

Shu bo'yicha ozgina tushuntirish bor edi. O'sha yordam so'ralgan gap yo so'zlar @hasanhusayn sahifasiga joylanadigan videolarning sarlavhasi uchun bo'ladi. U sahifa Hasanxon, Husaynxon qorilarning nomidan yurgizilayotgani, o'zlari ahli ilm, Hazratning eng yaqin shogirdlari, har qanday ilmda peshqadam bo'lgan, yo'lda sobit turgan ustozlardan bo'lgani uchun ular nomidan chiqayotgan ma'lumotlarda imkon qadar xato bo'lmasligi, ayniqsa savod borasida bu qarash eng birinchi bo'lishi kerakligi uchun sizlardan yordam so'rayman. Bir kalla yaxshi, ikkita kalla undanam yaxshi qavliga ko'ra ya'ni.

Ba'zida qori akalarning sahifalarining izohlariga: "Ustoz, sizdan Alloh rozi bo'lsin" kabi tilaklar yoziladi. Ya'ni odamlar sahifani, unga qo'yilayotgan videolarni, savollarga berilayotgan javoblarni qori akalarning o'zlari qo'yishadi-yozishadi deb o'ylashadi. Endi, men o'zim biror sarlavhani xato yozsam, noto'g'ri ma'noni ifodalaydigan gap yozib qo'ysam, boyagi odamlar, bu xatoni ustozlar qildi - deb o'ylab qolishadi. Ikkala qorining ham qanday darajadagi ustozlar ekanini yaxshi bilamiz. Balog'at, fasohat, din, dunyo ilmlari va boshqalarda oliy darajadalar. Shu uchun men qilgan xato tufayli ularning sha'nlariga yomon gap yo fikr borib qolmasin deb imkon boricha xato qilmaslikka harakat qilaman. Mana shu va boshqa sabablar tufayli ham sizlardan yordam so'rayman.

Yana bir asosiy sababi esa savobga sizlarni ham sherik qilib qolgim bor. Ustozlarning har bir videolarini uyoq-buyoq bo'lib 50 mingga yaqin odam ko'radi (ba'zilarini undan ham ko'p). Endi o'ylang, sizning ham yordamingiz (sarlavhadagi xatoni to'g'rilaganingiz, yaxshi sarlavha topib berganingiz) singan video shuncha ko'rilsa, hech bo'lmasa bir dona odam manfaat olsa... Hadisda kelganidek, quyosh nuri tushib turgan barcha narsadan yaxshi, Xudo xohlasa. Hasanxon qori ham shuni aytgandilar: niyatni to'g'ri va yuqori qiling, deb. Faqat sizdan bir narsa talab qilinadi: yaxshi niyat. Ya'ni men yordam so'raganimda xatoni to'g'rilashingizdan oldin, yuqorida aytilgan yaxshiliklarga ega bo'lib qolayin - deb qalbingizdan o'tkazasiz.

Buncha narsani yozib o'tirgim yo'q edi. Lekin ha deb, buni to'g'rilashvoriylar, uni to'g'rilashvoriylar - deyaverish o'zimga ham erish tuyuladi. Rosa jonga tegdiyu bu - degan gapga qolmay degan maqsadda bildirib qo'yay dedim.

O'rni kelganda aytib ketay, o'sha yordam so'ralganda, labbay deyayotgan barchaga katta rahmat, e'tibor uchun alohida rahmat!
277 viewsedited  20:34
Ochish/sharhlash
2022-07-26 12:24:05
Tushlikni yo'l chetida tarvuz bilan qilishyapti. Ko'cha rasmda ko'rsatilgan daraja issiq. Ustimda futbolka. Shuni o'zida 5 daqiqa ko'chada tursam, terlab ketyapman. Opalarning ustida esa...

Hozir yana boshqa joyga ketishsa kerak. Ularni olib ketish uchun avtobus keladi. Konditsioneri yo'q, issiq avtobus. Yoki ko'chani tozalashganda chiqqan axlatlarni ortishgan pritsepning (traktorga ilashgan yuk tashlaydigan qo'shma) ustida ketishadi.

Shu opalarning o'rnilariga Onamizni qo'yib ko'rsak...

Alloh taolo bizga ne'matlarini beribdi, shukr qilish hissini ham bersin, ilohim
225 viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2022-07-23 11:58:43
Siyoh yetsinda ishqilib)

Mabodo: @sealmaking12
304 views08:58
Ochish/sharhlash
2022-07-23 06:48:44 https://t.me/hasanhusayn/2120

https://t.me/abdullohozod/140
282 views03:48
Ochish/sharhlash
2022-07-22 09:57:03 Anvar ustozning oʻsha suhbatlarini koʻrgunimcha tasbeh ishlatmasdim. Aynan, riyo boʻlib qoladi - deb oʻylardim.

Shuningdek, koʻp ustozlar suhbatlarda istigʻfor, salavot yo boshqa zikrlarni 1000 tadan aytish kerakligini aytganini eshitardimu, hech bunga qunt qilolmasdim. Kecha Husaynxon qorining, qachon koʻp zikr qiling deyilgan bo'lsa, eng kamida 1000 ta nazarda tutilgan boʻladi, xoh istigʻfor boʻlsin, xoh salavot boʻlsin, xoh boshqa zikrlar bo'lsin - deganlarini eshitganimdan soʻng esa endi aytmasam boʻlmaydi dedim.

***

Anvar ustozning suhbatlarini eshitganimdan keyin elektron tasbeh sotib oldim. Haqiqatdan ham tasbeh qoʻlda tursa, odam oʻz-oʻzidan zikr qilishga tushib ketarkan. Riyo boʻlib qoladi - degan fikr ham qiynamas ekan, tavba.

Undan ham qizigʻi bugun uydan chiqib Olmazor metroga kelgunimcha 1000 ta «Allohumma solli ala Muhammad» salavotini aytib qoʻydim. Manzilga kelgunimcha ketgan boʻlsa uzogʻi 20 daqiqa ketdi. Yoʻldan oʻtib olish, metroga chiqish, bir martalik chipta olishga ketgan vaqtni olib tashlasa, balki 20 daqiqa ham chiqmas. 20 daqiqaginaya, Karl! Shuncha kundan beri 24 soatingda 20 daqiqani ajrata olmasdan nima qilib yurganding?! - deydigan odam yo'q.

Aytmoqchi boʻlganim, biror ishni qilishda shayton yo nafs qattiq turarkan, bu qiyin - deb. Lekin bir marta bajarsa, uni naqadar oson ekanini bilar ekansan.
311 viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash