Get Mystery Box with random crypto!

2012-yillarmikan yo 2013-yil bo'lsa kerak, Ramazon edi. Galabo | 93:3

2012-yillarmikan yo 2013-yil bo'lsa kerak, Ramazon edi. Galabotirdaman. Maktabdan beriladigan yozgi ta'tilni shu yerda o'tkazardim. Har kuni saharlik-iftorlikni Otam ( ), buvim (Dadamning onalari), amakim, amakivachchalarim bilan qilardik. Oila davrasida boshqacha edi.

Har kuni saharlikka amakivachcham turgazadi, tursam Buvim hammadan oldin turib saharlik tayyorlayotgan bo'lardilar. Shuncha nevaralaringiz turganda siz qo'yavermaysizmi? - deyilsa, "Ro'za tutolmayapman. Hech bo'lmasa ro'za tutadiganlarga choy tayyorlab berib, savobga sherik bo'layin" deb javob beradilar. Saharlik payti ham o'zlari birga o'tirib, har xil mavzular, bolaliklaridagi xotiralarini gapirib berardilar. Zavq bilan eshitib o'tirardim shaxsan men. Og'iz yopish payti kelganda o'zlari duo qilib berardilar. Shu holat har kuni takrorlanardi. O'zgacha paytlar edi.

Bir kuni saharlikka turdim odatdagidek. Hovliga chiqsam, Buvim yo'qlar. Ko'nglim g'ash bo'lgandek xonalariga kirdim. Mazalari yo'q ekan. "Bugunchalik o'zinglar saharlik qilaveringlar. Yaxshi bo'lsam, ertadan yana birga qilamiz" dedilar. Xo'p deb qolganlarga ham aytdim.

Buvimsiz o'tiribmiz saharlik qilib. Halovat yo'q qandaydir. Zerikarli... Nima yeyotganimizni bilmaymiz. Bolalikdagi xotiralarini gapirib beradigan, shukuh berib turadigan odam yo'qligi juda tez sezildi... Hamma jim...

O'shanda o'ylagandim, bir kungina Buvim yo'qliklari shunchalik kayfiyatga ta'sir o'tkazdi. Bir zamonlar qadar o'z ishini qilsa, nima bo'larkin?

"Robbim, ota-onam meni go'dakligimda tarbiya qilganlaridek, endi Sen ularga rahm qil"...