Get Mystery Box with random crypto!

Hammasi yaxshilikka Uydan 8:30 da chiqsam, ishga kech qolishi | 93:3

Hammasi yaxshilikka

Uydan 8:30 da chiqsam, ishga kech qolishim mumkin. 8:20 da chiqsam, ulgirishim ehtimoli yuqori.

Ertalab ozgina ushlanib qolib, 8:25 da uydan chiqdim. Shoshilganimcha liftni oldiga borib chaqiraman deb qoʻlimni choʻzgandim, pastgi qavatdan kimdir mendan avval liftni chaqirib qoldi. Bir sekund kechikdim. Liftda tushishga ketadigan vaqtni ham chamalab olgandim, ishga kech qolaman endi deb jaxlim chiqdi. Mayli, taqdir ekanda deb rozi boʻlib zinadan tushib ketdim.

Birinchi qavatga yetganimda lift buzilib toʻxtab qolganda chalinadigan qoʻngʻiroqning ovozi eshitildi...

P.s. Mendan avval boshqa qoʻshni liftda qolib ketgan odamdan xabar oldi. Men yoʻlimda davom etdim, ishga kech qolmadim