Get Mystery Box with random crypto!

Qahramonlar - Talabalar ilmiy ish ustida ishlashyotgan vaqtda | Abdulloh Shamsutdinov

Qahramonlar

- Talabalar ilmiy ish ustida ishlashyotgan vaqtda o’zlariga eng kuchki mentorlarni yoki professorlarni sherik qilishni istashadi, ammo, ularning aksari ish tanlash masalasiga kelganda faqat pulga e’tibor berishadi.

- Ammo, ishdan rohat beruvchi ham, undan butunlay bezdiruvchi ham insonlardir. O’z sohangizni chuqur o’rganishga diqqat qiling va o’zlashtirgan bilimlaringizdan foydalanib shu sohadagi eng mashhur, siz qadrlaydigan mutaxassislar bilan o’zaro aloqa o’rnatishga harakat qiling.

- Shu qahramonlar sizni o’zingiz istagan karyerani boshlashingizga katta yordam beradilar. Ularga qanday to’g’ri murojaat qilishni o’rganing, balki, ba’zilariga telegram orqali yoki Facebookdan xabar yuborarsiz, ammo, yodda tuting, ular sizga qiziqishlari uchun siz ularga ham nimadir beroladigan bo’lishingiz kerak.

- Qiziq va aqlli savollar berishni mashq qiling, qahramonlaringiz ishiga doir o’rinli taklif, fikrlaringizni bildirishdan samaraliroq vosita yo’q. Ular zudlik bilan sizga javob berishmasliklari mumkin, shunday bo’lsa ham sabr bilan doimiy aloqa o’rnatish va foydali bir shaxs ekanligingizni ko’rsatishga intilavering.

- Yirik kompaniyalarga, masalan, Google, Facebook kabilarga ishga kirishingiz mumkin. Ular sizga katta oylik taklif qilishadi. Ammo, siz u yerda bajaradigan aksar ishlar zerikarli bo’lishi tabiiy, chunki, yirik kompaniyalarda turli bo’limlar to’liq shakllanib bo’lgan bo’ladi, natijada siz turli sohadagi mutaxassislar bilan suhbat qurolmaysiz. Qahranomlaringiz bilan birga ham ishlashingiz ancha qiyin bo’ladi Bu esa turli tomondan fikrlash ko’nikmangizni rivojlanishiga va ustoz shogird sifatida o’rganishingizga halal beradi.

- Kichikroq korxonalarda, masalan, 30-100 nafar xodimdan iborat bo’lgan, biroq yangicha texnologiya, mahsulot ustida ish olib borayotgan kompaniyaga ishga kirishingiz foydaliroq bo’ladi. Chunki, birinchidan u yerda siz sohangizdagi qahramonlar bilan ko’proq ishlash imkoningiz bo’ladi, ikkinchidan, turli soha vakillari bilan o’zaro bir maqsad, loyiha ustida ishlash imkoningiz bo’ladi. Yirik korporatsiyalarda esa siz turli loyihalar ustida ishlashga, majbursiz.

“Yaratishga arzigulik narsalarni yaratish borasida g’ayriodatiy qo’llanma” kitobidan olingan xulosalardan.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin