Get Mystery Box with random crypto!

Bir maktab direktori, oʻzi ishga olgan barcha oʻqituvchilarga | 𝚂𝚑𝚞𝚗𝚌𝚑𝚊𝚔𝚒...

Bir maktab direktori, oʻzi ishga olgan barcha oʻqituvchilarga ushbu maktubni yuborgan ekan:

«Qadrli ustoz! Men konslagerda boʻldim, men hech bir odam koʻrishi kerak boʻlmagan narsalarni oʻz koʻzim bilan koʻrdim: Muhandis - olimlarning qanday qilib gaz kameralari qurgani; Vrachlar tomonidan qanday qilib bolalarning zaharlanishi; Oʻqitilgan hamshiralarning qanday qilib goʻdaklarni oʻldirishi; Yuqori oʻquv muassasalari bitiruvchilarining qanday qilib bolalar va ayollarni otgani va yoqib yuborganini koʻrdim.. Shuning uchun men taʼlimga ishonmayman. Men sizdan oʻquvchilarning inson boʻlib yetishishiga yordam berishingizni iltimos qilaman. Sizning harakatlaringiz hech qachon qonxoʻr - olimlar, tayyorlangan psixopatlar, oʻqimishli Eyxmannlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak. Oʻqish, yozish, hisoblash, bolalarimizga koʻproq «INSONIY» boʻlishiga yordam bergandagina muhimdir».


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ