Get Mystery Box with random crypto!

#Ichki_monitoring_tahlili Abdulla Oripov nomidagi ijod makta | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Ichki_monitoring_tahlili

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-11-sinflar o'quvchilaridan 5 ta fan, ya'ni ona tili, adabiyot, tarix, matematika va ingliz tili fanlaridan ichki monitoring tahlili olinmoqda. Bugun maktabning 7-sinf o'quvchilari imtihon topshirishdi. Ta'kidlash joiz, ushbu o'quv yilida imtihonlar o'tgan yilgi imtihon jarayonlaridan farq qiladi.

- Joriy o'quv yilida o'quvchilar imtihonlarni an'anaviy qog'oz shaklida emas, aksincha, kompyuterda "Google Tools" dasturi orqali topshirishadi. Ya'ni bunda har bir o'quvchi imtihon savollarini elektron pochtasiga kirib yechadi. Shuningdek, to'plagan ballarini o'sha vaqtning o'zida bilib olishadi, - deydi maktab direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari Dilshod Farmonov.

Eslatib o'tamiz, monitoring jarayonlari hafta davomida davom etadi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |