Get Mystery Box with random crypto!

#Umumbashariy_muammolar_badiiy_talqinda_nasriy_asarlar_tanlovi | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Umumbashariy_muammolar_badiiy_talqinda_nasriy_asarlar_tanloviga

TINCHLIK - BEBAHO NE'MAT


Yozning jaziramasi hammani qaqshatardi. Olovdek qizdirayotgan quyosh nur sochib turgan bir pallada o‘z uyingda rohatda yashasang qanday yaxshi! Ammo Munira opa bu paytda juda qiyin ahvolda edi. Bizning eng yaqin qo'shnimiz Munira opa o'zga davlatga ketganiga mana uch yil bo‘libdi. Qo'shnilardan eshitsam, Afg'onistonga pul ishlab topgani ketgan ekan... Bir kuni mahallada shov-shuv bo‘lib qoldi, chiqib qarasam, hammani og'zida bir gap: Munira qaytibdi... Bizning yon qo'shnimiz emasmi, yugurib borib Munira opa bilan ko'rishdim. Juda ozib qolgan, rangida rang qolmagan edi. "Men uch yil o'sha la'nati joyda bo'ldim. U yerda odamlar tovbasiga tayanadi. U yerga borgach, turmush o'rtog'im va yakka-yu yolg'iz o'g'limni ko'z oldimda otib tashlashdi. Kechalari o'q ovozi eshitilar, tong saharlab turib uyimni chinnidek yig'ib, changlarni artardim, ammo, ikki daqiqadan so'ng yana portlash va yana uy shu ahvol... Vatan qadrini, tinchlik oliy ne'matligini boshim devorga urilib bildim. O'g'lim va turmush o'rtog'im vafotiga sabab bo'lgan soniya va insonlar hali ham ko'z o'ngimdan kino tasmasidek o'tadi. U yerda o'z yurtimga qaytsam gado bo'lishga ham rozi edim. Vatanimga kelgach, tuprog'ini o'parkanman, o'zimda shunday tinch o'lkaga nisbatan shukronalik hissi uyg'ondi. Erkin sayrayotgan bulbullar, bir-biriga ahil bo'lgan aholi, qalqondek turgan yurt posbonlar, bularning bari tinchlik tufaylidir! Sizlar aslo men qilgan xatoni takrorlamang" degan Munira opani uzundan- uzun va ayanchli hikoyasini eshitgach, "Baxt" neligin tushundim. Asl baxt - tinchlik. Shundan so'ng hayotim zimdan o'zgardi. Endi tinch va osoyishta o'lkada yashaganim uchun menda shukronalik va qanoatlilik hissi uyg'ondi...

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o‘quvchisi Yashinxo'ja Shahrizoda