Get Mystery Box with random crypto!

#Ijodiy_tanlov #Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

#Ijodiy_tanlov
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Mitti yulduz jilolari” ijodiy to‘garagi rahbari Azizbek Norov tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Umuminsoniy muammolar - badiiy talqinda” mavzusida nasriy asarlar tanlovi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo‘yicha nasriy hikoya va badiiy matn yozishlari mumkin:
"Suv - hayot manbai";
"Tinchlik - bebaho ne'mat";
"Iqlim o‘zgarishlari - global muammo";
"Energiya tejamkorligi - davr talabi".

Asarlar joriy yilning 27-iyulidan 27-avgustigacha qabul qilinadi.
G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Natijalar Мustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram