Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun samarqandliklar green carta ko'proq yutadi? Sababi | Abdulbori Khasanov

Nima uchun samarqandliklar green carta ko'proq yutadi?

Sababi samarqandliklarning bir siri bor. Bu green card anketasini to'ldirish bilan bog'liq. Bugun shu sirni aytaman.

Hammasi oddiy. Samarqandda har qadamda green card o'ynatuvchi joylar bor. Ko'p qavatli uylar yonidan baland ovozda e'lon berib yurishadi. Kollej vaqtlari o'zim ham shunday firmada ishlagandim. Har bir kishi kuniga 50 tacha odamni ro'yxatga olardik.

Shundan boshqa viloyatlarga qaraganda samarqandliklar ko'proq green card o'ynaydi. Tabiiyki g'oliblar soni nisbati ham ko'payadi.

Yaqinda Toshkenda "Samarqand green card filiali" deganga o'xshash firma borligini ko'rib qolgandim. Kulib qo'ygandim. Rasmi topa olmadim, sizda bo'lsa izoh qismiga yuborishingizni so'rayman.

Post kulminatsiyasi: green card muddati tugashiga 2 kun qoldi!

Siz Green Cartaga ariza topshirdingizmi?

@shavkatjon_axtamov