Get Mystery Box with random crypto!

So’ngi yillarda Loyiha boshqaruvining turli metodlari ommalash | Abdukarimov's Blog

So’ngi yillarda Loyiha boshqaruvining turli metodlari ommalashib bormoqda. Ulardan eng mashhurlari haqida ma’lumot beramiz:

Warerfall metodologiyasi

Waterfall metodologiyasi - loyihalarni rejalashtirishning oddiy usuli. Bu usulda jamoa bitta vazifa yoki qadamni bajarib, keyingi bosqichni bajaradi. Barcha talablar va faoliyat ketma-ketligi boshida aniqlanadi. Bu usul talablar aniq va qat'iy bo'lgan hollarda qo'llaniladi va mahsulot to’liq tayyor bo’lgandagina mijoz foydalanishi mumkin bo’ladi.

Agile metodologiyasi

Agile metodologiyasi moslashuvchan, iterativ dizayn va shakillantirish jarayonini ta'minlaydi. U dinamik loyihalar uchun bir qator jarayonlarni qamrab oladi va doim bozor bilan parallel yurishga yordam beradi. Shuning sababdan bu usul mijozlar tomonidan koproq ma’qullanadi

Asosiy frameworki bu Scrum

Kanban Metodologiyasi

Kanban metodologiyasi Tayota kompaniyasi tomonidan kashf etilgan va bu usul asosiy e’tibori jarayon bosqichlarini nazorat qilishdan iborat. Lekin deadline tomonga juda qat’iy qaralmaydi.

Six Sigma Metodologiyasi

Six Sigma - bu jarayonni yaxshilash uchun foydali muammolarni hal qilish usuli bo'lib, u 1986 yilda Matarolada ishlayotgan muhandis Bill Smit tomonidan kiritilgan, keyin Jek Uelsning tadqiqotlari natijasida 1995 yilda General Electric kompaniyasida mashhur boshqaruv usuliga aylandi. Bu usul qiyidagi bosqichlardan iborat:

a) Belgilash
b) O’lchash
c) Tahlil
d) Yaxshilash
e) Nazorat


Har bir Metodologiya haqida ham batafsil postlar bo'ladi, InshaaAlloh

@Abdukarimovs_Blog