Get Mystery Box with random crypto!

​​ Ko’z Dasturchilarga google'dan ham ko’ra ko’proq ko’z muh | Abduaziz Py 🔥

​​ Ko’z

Dasturchilarga google'dan ham ko’ra ko’proq ko’z muhim sanaladi. Bu mo’jizani osongina ishdan chiqarish mumkin va afsuski bu holat dasturchilar orasida ko’proq uchraydi. Bugungi postdagi barcha tavsiyalarim shaxsiy tajribamga asoslangan bo'ladi.

Monitor bilan masofani saqlang, 40-50 santimetr normal hisoblanadi. Buni e'tiborsiz qoldirish, ko’rish bilan bog’liq “chotkiy” muammolarni keltirib chiqaradi.

To’g’ri monitor tanlay bilish zarur. Menda 2ta monitor bor va bittasi IPS panellik. Ishlash davomida IPS panelligi ko’zlarimni ikkinchisiga (TN, VA ...) nisbatan kamroq toliqtirishiga ko’p marotaba guvoh bo’lganman. Shuning uchun IPS panelligida ko'proq kod yozaman. Ikkinchisi yon tomonda turgani uchun "yaltir-yultir" qilib asabga tegadi. 2ta asosiylarining farqini esa post ostidagi rasmda ko'rishingiz mumkin.

Kompyuter uchun mo’ljallangan maxsus ko’zoynakdan foydalaning. Monitordan chiqayotgan ko’k nur ko'zni kasal qiladi. Ushbu ko’zoynaklar uning ta'sirini sezilarli darajada kamaytiradi. Xuddi mini-tonirovka kabi, faqat ruhiyatga ta’siri yo’q. Sotib olish vaqtida ko’k rangli lazer bilan sinab ko’rish esingizdan chiqmasin.

Monitor sozlamalari va xonaning yoritilishini ham o'zingizga moslang. Misol uchun mening sozlamalarimda yorqinlik 60%, kontrastni 80% etib belgilaganman. Monitor ortida yorug'lik manbasi bo'lsa qorong'uda ishlashga foydasi tegadi lekin iloji boricha qorong'u muhitda ishlamang.

Monitor sozlamalaridan so'ng, "rang haroratini"(color temperature) nazorat qiladigan maxsus dasturiy ta'minotdan foydalaning. Bunday dasturlarni "numer odini" f.luxdan ko'p yildan buyon foydalanib kelyapman, eng qizig'i shunchalik foydali dastur rasman tekin. Uning qanday ishlashi haqida ushbu sahifada ko'rishingiz mumkin. Aytgancha, linux bazasidagi operatsion tizimda ishlaganimda redshiftdan foydalanaman. Avvalroq Gammydan ham foydalanib ko'rgan edim, ammo u ham xuddi OS'ning o'zidagi night light kabi stabil ishlamadi menda.

Bitta komponentni deb "azart"ga berilib ketib, tinmay kod yozib, uni tamomlagandan keyin qip-qizil ko'zlar bilan o'tirish yaramaydi. Ishlash davomida bir nuqtaga ko'proq tikilib o'tirishimiz natijasida ko'z mushaklarini toliqtirib qo'yamiz. Har 30-40 minutda chalg'ish va uzoq masofadagi obyektlarga qarash yaxshi albatta. Agar hovlida tursangiz chalg'ishga sabablar ko'p

Kod muharriringizdagi rang sxemasi va shriftga e'tiborli bo'ling. O'ta "dark" va "light" sxemalar boshni og'ritadi Kontrasti normada bo'lgan + "dark" sxemani tanlashni maslahat beraman. Misol uchun menga vs-code'ning o'zini sxemasi yoqadi. Agarda siz Times New Roman'da kod yozayotgan bo'lsangiz, kanalimdan chiqib keting (hazil) Kod yozish uchun ishlab chiqilgan maxsus shriftlar katalogi bor, menga baribr JetBrains Mono ko'proq yoqadi. Muharrirdagi shrift hajmini ham normada ushlang, o'zim 16px yaxshi deb bilaman.

Smartfonlardan kamroq foydalaning.

Yuqorida keltirib o'tganlarim zararlarni maksimal darajada kamaytirishga hissa qo'sha oladi, butunlay emas! Foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringizga ham tarqating. Bu masalada tajribasi borlar izohlar qismida postga qo'shimcha qilishsa yanada yaxshi bo'lar edi. Ko'zlarni asrang!

@AbduazizPy