Get Mystery Box with random crypto!

​​ Docker nima va u nega kerak? Bugungi postda docker nima v | Abduaziz Py 🔥

​​ Docker nima va u nega kerak?

Bugungi postda docker nima va u nega kerakligi haqida minimum darajada tushunarsiz so'zlar ishlatgan holda ma'lumot ulashmoqchiman.

O'qing, faqat erinmang!

Jamoa bo'lib loyihada ishlayapsiz, boyvachcharog'ingizda macOS, boshqasida windows va linux. Har biringizda loyiha muhiti va unga ishlatiladigan texnologiyalar bir xil bo'lishi hisobiga muhitni sozlash vaqtida kimdadur postgres'ni, boshqalarida redis'ni o'rnatishdagi muammolar, loyihaning boshqa komponentlaridagi freymvorklar va kutubxonalar o'rtasidagi ichki ziddiyatlar kelib chiqishi kuzatiladi ... Hammada ishlab turgan narsa "reliz" yaqinlashganida serverga joylash(deploy) vaqtida xatoliklar chiqib, loyiha ishlamay qolib sizni sharmanda qilishi yanada daxshatli. Buni hal etish uchun butun loyihani o'sha yaxshi ishlab turgan holatida shundoqqina o'rab, sharta serverga qo'yib & bitta buyruq orqali ishga tushurib qo'yar darajada fantastik kuch kerak bo'ladi.

Docker yuqorida keltirilgan muammoni hal qilish uchun ishlab chiqilgan instrument (faqat bu bilan cheklanmagan). Hozirgi kunda docker deployment uchun qandaydur ma'noda standartga aylandi. Chunki u o’zining alternativi hisoblanmish VM (virtual mashina)lardan ancha yengil va nisbatan qulay. Docker butun boshli loyihani uning kodi, operatsion tizimi, fayllar tizimi va texnologiyalari bilan birgalikda "izolyatsiya" qiladi. Loyiha yuqoridagidek “izolyatsiya” qilganidan so’ng, o’sha holatidan undan obraz (image) yaratiladi va barchasi ushbu image’da saqlanadi. Image’lar orqali kichkina operatsion tizimchalar kabi xususiyatlarga ega “konteyner”larni ishga tushurish mumkin. Docker orqali sizning loyihangiz operatsion tizimga qaram bo'lib qolmaydi (loyiha faqat ubuntu'da ishlaydi ) . Chunki uning konteynerlari operatsion tizim tanlamaydi.

Umuman olganda docker image(obraz) deganda qurilayotgan uyning chizmasini tushunishimiz mumkin. Chizmada hammasi qanday, qayeridan, nimalar orqali qurilishini oldindan rejalashtirilgan bo'ladi, shu jumladan image’larda ham. Konteynerlarni esa ushbu uy chizmalari orqali qurilgan uyga misol qilishimiz mumkin.

Uy oldiga “basseyn” kerak bo’lsa, uni 0 dan chizish shart emas. Shunchaki tayyor chizmalardan ham foydalanish mumkin bo'lgani kabi loyihangizga postgres kerak bo’lsa, docker hub’dan uning rasmiy image’ni yuklab olib (pull), loyihaga qo’shib qo’yishingiz mumkin. Docker loyihani ma’lum bir ma’noda to’liq “portable” qilish imkonini beradi. Tasavvur qiling siz butun boshli loyihani operatsion tizimi bilan olib yurish imkoniga egasiz va agar antarktidada bo’lsangiz ham docker hub’dan uni yuklab olib oddiy docker run buyrug’i orqali ishga tushurishingiz mumkin.

Siz ham docker’dan foydalanasizmi? Fikrlarni kutaman

@AbduazizPy