Get Mystery Box with random crypto!

Endi kunlik tartiblar tuzmayapman! Ishlani bajarilish tartibi | Абдуазам блоги

Endi kunlik tartiblar tuzmayapman!

Ishlani bajarilish tartibini tuzish sizzi shu tartibga bo'ysuntirishga majbur qiladi. Siz doim shu bo'yicha yurishiz kere bo'ladi va buni miyyez shunday qilishim kere dib tushunadi.

Oldinlari o'zim ham doim o'zgarishim kereligini, yoki hayotimmi boshqacha bo'lib, foydali o'tishini xohlagan holatimda birinchi bo'lib kunlik tartib tuzishga kirishardim. Hatto yillar, oylar, haftalarga vazifalani bo'lib chiqardim. Endi esa yo'q.

Siz tuzib chiqqan ketma-ketlikdigi vazifalaga doimam ulgurishiz, yoki ulani doim vaqtida qilishiz imkonsiz. Vaziyatga qarab holatlar o'zgaradi. Agar ishlani ketma-ketligini tuzib, unga boysunmoqchi bo'lib, lekin birortasini qilomi qosez, avtomatik ravishda "demotivated" bo'lasiz. Tajribadan o'tgan. Bo'ldi shu bilan hamma rejalariz "uxladi".

Ko'p shunaqa takrorlanvurgani uchun bu manga yoqmadi va boshqacha yo'l tutish kereligi haqida miyyamga "buyru keldi". Hozir shu yo'l bo'yicha yashab kevomman, manga yoqdi.

davomi bor..

*demotivated - ishtiyoq so'nib qolishi
*uxladi - chippakka chiqdi, o'xshamadi, muvaffaqiyatsizlikka uchradi
*buyru keldi - fikr keldi, o'yladim