Get Mystery Box with random crypto!

​​YUZING KULIB, QALB YIGʻLASA QIYIN EKAN Jismimimiz bosh, taq | ️ABBOS ROZMAMATOV ️

​​YUZING KULIB, QALB YIGʻLASA QIYIN EKAN

Jismimimiz bosh, taqdirimiz boʻyin ekan,
Xayotimiz anglab boʻlmas oʻyin ekan,
Bu dunyoning xazilining eng ogʻiri,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Dardli kunlar qani tez oʻtsaydi deysan,
Asta asta oʻz umringni oʻzing yeysan,
Ilojsizlik, koʻnikasan mayli deysan,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Beparvolik na bir dardu davo kerak,
Qilishgayam jazm qilmas orzu tilak,
Faqat nafas olish uchun urar yurak,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Vijdonsizlar yoʻlingga tosh otaverar,
Yolgʻonchilar yolgʻonlari botaverar,
Yurakning tub tubida dard yotaverar,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Faqat oʻzing boʻlarsan eng yaqin sirdosh,
Izlasang ham topilmaydi bir chin darddosh,
Nohaqlikdan soʻlib borar asta bardosh,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Xiyonatlar ichra sarob sadoqatni,
Unutasan koʻrmay mexr muxabbatni,
Izlab sira topolmaysan haqiqatni,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Hech tugamas gʻiybatchilar gumonlari,
Yashattirmas odamsifat shaytonlari,
Balki shudir bu dunyoning yolgʻonlari,
Yuzing kulib, qalb yigʻlasa qiyin ekan.

Xayotidan oʻzi uchun ming bor oʻlar,
Bu gapimdan kimlar yigʻlar, kimlar kular,
Buni faqat oʻz boshiga tushgan bilar,
Yuzing kulib, qalb qiyin ekan.

Abbos Rozmamatov 06.10.2020


✯┄┅✿❀ ❀✿┅┄✯
http://t.me/AbbosRX/
✯┄┅✿❀ ❀✿┅┄✯

https://t.me/joinchat/AAAAAElZHEy3mBC3cCsc8A