Get Mystery Box with random crypto!

Necha yoshga kirganimni aniq bilmayman. “Choliqushi” asarida F | MehrNoz

Necha yoshga kirganimni aniq bilmayman. “Choliqushi” asarida Feridedan “Necha yoshdasan?”, deb so’rashsa, u quvlik bilan “kimning yonida?” ,deb javob beradi-ku) Men ham har kuni turli yoshga kiraman. Ammo, atrofimda meni menligimcha qabul qiladigan yaqinlarimning borligi, yonimdaligidan quvonaman. Mana, tug’ilgan kunim allaqachon o’tib ketsa ham yosh qizchadek ichimga sigʻmay yuribman. Nima desam…maqtov, e’tibor yoqmaydi desam yolgʻon boʻladi, xursand boʻldim, rossa oʻzimdan ketdim:) Lekin, shukrki, holimiz oʻzimizga ma’lum. Aybgʻinalarimizdan oz-moz xabarimiz bor. Shundoq boʻlsa-da, bizga ehtirom koʻrsatib, mehrli tabriklar yoʻllagan, goʻzal tilaklar bildirgan har bir insondan minnatdorman. Har biringizga javob yozaolmaganim uchun uzr soʻrayman. Tirikligim, yashayotgamimni eslatganingiz, kuch va dalda berganingiz uchun rahmat! Har biringizni yaxshi koʻraman.

@abbosova_mehrinoz