Get Mystery Box with random crypto!

Ishimdan rostdan zavqlanaman. Har kuni yangi g'oyalar bilan to | MehrNoz

Ishimdan rostdan zavqlanaman. Har kuni yangi g'oyalar bilan to'lib-toshib, shoshib kelaman. Nega? Chunki, qilayotgan ishimizda mazmun borligini his qilaman.

Alisher Sa'dullayev boshchiligida jamoamiz bilan jadidlarning g'oyasini yoshlarga –tengdoshlarimizga singdirish, ularni tanitish orqali o'zligimizni anglashlari uchun qiladigan ishlarimiz rejasini tuzgandik. Ulardan biri 8 ta taniqli jadid allomalarimiz haqidagi eng qaymoq bilimlarni ixcham, yoqimli shaklda kitob holida chiqarish g'oyasi ham bor edi. Kitobning mayda ikir-chikirlari, ko'z ilg'amas jihatlarigacha muhokama qildik, qayta-qayta kamchiliklari ustida ishladik. (Hali ham qandaydir to'lmagan joylari bo'lishi mumkin)

Shu o'rinda jadidshunoslarimizning mehnatlarini alohida e'tirof etishimiz kerak. Behbudiy haqida Zaynobiddin Abdurashidov, Munavvar qori haqida Sotimjon Xolboyev, Abdulla Avloniy haqida Olim Oltinbek, Abdulla Qodiriy haqida Bahodir Karim, Abdurauf Fitrat haqida Hamidulla Boltaboyev, Ibrat haqida Ulug'bek Dolimov, Cho'lpon haqida Dilmurod Quronov, G'ulom Zafariy haqida Olim Usmonovlar kabi professor-olimlarning tadqiqotlari, ishonchli ma'lumotlari asosida ushbu shaklan mo'jaz, ammo, mohiyatan katta kitoblar dunyo yuzini ko'rdi.

Rosti, kitob chiqqanidan beri quvonchim ichimga sig'mayapti. Agar bu kitoblarning o'quvchilari ko'paysa, shu kitoblardan foyda va manfaat oladigan insonlar soni oshsa, yana-da xursand bo'lamiz, kuch va ishtiyoqimiz ortadi.

Barchamizga xalqni xalq, millatni millat qiladigan foydali ishlarga hissa qo'shish baxtini bersin.

Ushbu yo'nalishda yana boshqa yangiliklarimiz ham bor. Hozircha sir bo'laqolsin

@abbosova_mehrinoz