Get Mystery Box with random crypto!

*** Xudoyim, bu yo'qlikda Ko'nglimni yo'qlayversam. Seni deb | MehrNoz

***
Xudoyim, bu yo'qlikda
Ko'nglimni yo'qlayversam.
Seni deb yig'layversam,
Seni deb yig'layversam.

Ko'z yoshlarim umrini
cho'za olsa edim men.
Hislarimning suratin
chiza olsa edim men.

Bu hislarda na rang na
shakl-u shamoyil bo'lgay.
Qullarning ko'zi doim
yig'iga moyil bo'lgay.

Tuproq, yo'l bo'lmoq baxtdir,
Maysa, gul bo'lmoq baxtdir.
Barchasidan avlodir
Senga qul bo'lmoq baxti.

Umr bir nafasdurur,
Qachon firoqing basdurur.
Nafs arsloni qamalgan
dunyosi qafasdurur.

Qafasda hurlik manga,
Lek jafo turlik manga
Boshim ustiga poying,
Qulligim qulluq manga.

Qulligim qulluq manga...

2013-yil, Namangan.

Mehrinoz

@abbosova_mehrinoz