Get Mystery Box with random crypto!

Konimexda “WORLD IN IT” yoshlar forumi o‘tkazildi! O‘zbekis | Abalog

Konimexda “WORLD IN IT” yoshlar forumi o‘tkazildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi hamda Konimex tuman hokimligi, "Najot ta’lim" o‘quv markazi hamkorligida Konimex tumanida “WORLD IN IT” yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

“WORLD IN IT” forumida viloyatdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. "Najot ta’lim" o‘quv markazining o‘qituvchilari tomonidan IT sohasi, Grafik dizayn, Web dasturlash, SMM va digital marketing yo‘nalishlari bo‘yicha noodatiy tarzda master-klass tashkil etildi. Forum davomida mutaxassislar tomonidan sohaga qiziquvchi yoshlarning savollariga atroflicha javob berildi.

“WORLD IN IT” forumi yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga maxsus sertifikat hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

t.me/yoshlarittifoqi_uz