Get Mystery Box with random crypto!

​'Hammasi TikTokdan boshlanadi' Kundan-kunga TikTok platform | Abalog

"Hammasi TikTokdan boshlanadi"

Kundan-kunga TikTok platformasi jadalik bilan rivojlanib, rekordlarni urishda davom etmoqda. Ushbu ilova orqali ko'plab insonlar va, hattoki, ishlab chiqaruvchilar ham mashhurlikma erishmoqda. Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Odatiy amerikalik erkak uchun odatiy bo'lgan tonglardan biri. U ishga ketish davomi tiktok video olishga qaror qiladi. Uning qo'lida Ocean Spray kompaniyasi ishlab chiqargan malinali sok bor va u videodagi musiqaga mos tushadi (musiqa: Dreams — Fleetwood Mac).

Ushbu voqeaning asosiy qismi video TikTokka joylangandan so'ng yuz beradi. Rolikdan so'ng yuz bergan voqealar xronologiyasi:

— Ocean Sprayning malinani sokining butun Amerikadagi supermarketlardagi sotuvi keskin oshadi, shunga mutanosib ravishda kompaniya aksiyalari ham o'sadi;
— Ishlab chiqaruvchilar minnatdorchilik sifatida ushbu rolik muallifiga mashina sovg'a qiladi. Muallif endi mashinada ishga ketayotganini videosini TikTokka joylagan;
- Fleetwood Mac'ning qo'shig'i iTunes'da topga ko'tarildi;
— Instagram va TikTok uning akkauntini tasdiqlab, belgini (galochka) taqdim etdi;
— Mashhur blogerlar, teleboshoshlovchilar va, umuman, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga parodiyalar qilishmoqda;

Muallifni yanada mashhur qilgan narsa shuki, video TikTokning PR mutaxassislariga yoqdi va uni "Hammasi TikTokdan boshlanadi" reklama videoroligida ishlatmoqda. Endilikda kutilmaganda mashhurlikka erishgan rolik NBA va MLB o'yinlarida ham reklama sifatida aylanadi.

Sizda hali ham TikTok yo'qmi?

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi