Get Mystery Box with random crypto!

Senda bir muddao, menda iddao, Bizlarda beg'ubor ko'ngil o'zga | Abadiy hislar🌃

Senda bir muddao, menda iddao,
Bizlarda beg'ubor ko'ngil o'zgargan.
Ketib bormoqdamiz bir yo'lda ammo-
Maqsadlar o'zgargan, manzil o'zgargan...

Ishonchlar payoni ko'ringan yo'ldan,
Shubha deb atalmish yo'llarga o'tdik.
Gumonlar yoprilib har to'rt tomondan,
Bechora ishqni ham yuzqaro etdik.

Yoningda ketaman jimgina beun,
Sen so'zlab borasan SEVGIdan mag'rur...
Lek endi yolg'izim, yorim deb bugun,
Qo'lingdan tutmoqqa qo'ymaydi g'urur...

Yo'llar qolayotir termulib mayus,
Daraxtlar boqadi bizga xo'rsinib.
Xotirlar baxridan o'tolmay xanuz,
Sevgimiz chalajon yig'lar o'ksinib...

Qayg'udan qorayib, gumburlab qara,
Yoshlarin to'kmoqqa shaylanar osmon.
Nahot bitmagaymu endi bu yara,
Yoningda sudralib boryapman hamon.

Balki nurli yo'llar topmagan payon,
Umidli kunlar ham oldinda balki.
Gumonlar ko'p, lekin bir ISHONCH ayon-
Bilgin sevmagandim seni SHUNCHAKI...

Yo'qolgan ishonchni tiklamoq uchun,
Balki yetar, balki yetmas qurbimiz.
Sen va Men qaytadan Biz bo'lmoq uchun-
Yetarmikin endi qisqa umrimiz...

@abadiy_hislar