Get Mystery Box with random crypto!

Zulfiyaxonim haqida

Telegram kanalining logotibi zulfiyaxonim_haqida_sherlari — Zulfiyaxonim haqida Z
Telegram kanalining logotibi zulfiyaxonim_haqida_sherlari — Zulfiyaxonim haqida
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.88K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum,
Kanalimizga xush kelibsiz😊
♥Kanaldan siz
-🌌ramantik juftliklar rasmini;
-👩‍🏫 Zulfiyaxonim hayoti va ujodi
-🖼️Ajoyib rasmlar va videolar
-🎧AJOYIB qoshiqlarni topasiz!
Ega @aqilbek_06
insha'Allah Zor kanal boladi

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-24 11:25:02 ФАРЗАНД

Нега севмай, эркалаб ўпмай,
Нечун демай уни ҳаётим?
Нега демай кўзимнинг нури,
Сўзлаганда қандим, новвотим?

Ширин экан фарзанд, у билан
Оилага кирар экан жон.
Кўзи кўзга тушиши билан
Меҳри балқир экан бепоён.

Иқбол бўлиб кўзинг олдида,
Кундан кунга топаркан камол,
Не бахт, тоза ҳаёт боғингда
Ўсса тоза, бебаҳо ниҳол.

У бор ерда қайғу ва ҳасрат
Ҳаётингга бегона экан.
Қани айтинг, фарзанддан қиммат
Бу дунёда нима бор экан?

О… фарзандим, кўзим нурисан,
Менга сендай бўла олур ким?
Сен ҳаётим, сени кўраркан,
Дилда беҳад жўшади меҳрим.

Қора кўзларингга қарайман,
Унда борлиқ бўлар намоён.
Менинг бахтим ёрқин, бегумон
Жилваланиб кўринар аён.

Ширин сўзинг, чексиз меҳринг бор,
Қилиғингда бир олам ором,
Сен билан дил чиройли гулзор,
Қўшиғимга туганмас илҳом.

Сен ўс — соғлом, беқайғу, эркам,
Муҳаббатим бошингга соя,
Мен бахтиёр алла айтайин,
Қўшиқларим кўп, бениҳоя.

Кўз ёш нима, сен билма зинҳор,
Сенга порлоқ тилайман иқбол,
Бу дунёда на яхшики бор
Сенга, қўзим, сенга бўлсин, ол!

1943


@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
17.9K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:25:02 O‘G‘LIM SIRA BO‘LMAYDI URUSH

To’lisharmi o’lkada bahor,
Quyosh kezar osmon ko’ksida.
Qaldirg’ochlar qanotin qoqar,
Undan soya labi ustida.

Mana, o’g’lim labi ustida
Qaldirg’ochning mayin qanoti.
O’spirinim toza ko’ksida,
Kunda oshar yangi his toti.

Bo’yi oshib ketdi bo’yimdan,
Bosa olar ko’ksiga boshim.
Sevgim qurib bergan uyimda
O’sdi mening katta yo’ldoshim.  

Yurak to’la shodlik, mehr, baxt,
Uning ko’zlariga boqaman.
Nigohiday tiniq va yorqin
Orzu to’lqinida oqaman.

Orzulari qalbimga ziynat,
Hayotidir ko’zim qorasi.
O’kinaman, ba’zida faqat,
Yonida yo’q, uning otasi.

Urush! Noming o’chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko‘p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.

Yulding ota demak baxtini,
Juda murg’ak go’daklarimdan.
Yaxshi ham bor shunday Vatani,
Dalda bo’ldi yuraklarimga.

Ota bo’lib soldim men yo’lga,
Ona bo’lib mehrimga oldim.
Mana, yurtga o’g’il o’stirgan
Bir davlatmand boy bo’lib qoldim.

Qancha ishonch, umid baxsh etar, Ham Vatanga, ham menga bu dil,
Qoya kabi yonimdan chiqib,
Suyan, –deydi, –kiftimga dadil.

Men onaman, mening yuragim Farzandlarim quvonchiga kon.
Dil orziqar, ba’zan tilagim
Vahimalar o’ragan zamon.

Yo’q, urushning nomi ham o’chsin,
Mening o’g’lim kerak hayotga.
Istamayman, uning dudlari
Qo’nsin labi uzra qanotga.

Bas, bas, ezgu onalar qalbi
Yashay olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g’azab, sevgimiz
Tinchlik, deydi butun xalq bilan.

Ko’krak suti va mehnat bilan
Biz jahonga berganmiz turmush,
Ona qalbi oyoqqa tursa,
O’g’lim, sira bo’lmaydi urush!

1954

@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
17.3K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:25:01 ...

Ey latif, fusunkor hind oqshomlari,
Ne sehr bor edi zangor qo’yningda?
Tinglovchi va shoir hayajonlari
Bu ulkan qalb bo’lib tepar to’lqinda.  

Yangi kuy, yangi o’y olib shoirlar,
Daraga kelardi, kelardi hamon.
Dillarni payvandlar edi satrlar
Do’stlik, qardoshlikning ko‘prigisimon.

Yor-u birodarning mehriga serob.
Yurakday davramiz borar kengayib,
Jafokash qoniga solib oftob,
Ko’zida qalbning oqligi yonib

Afrika farzandi o’qiydi she’r.
Irmoqday quyilar tinchlik so’zlari.
Orom og’ushiga kirgan bo’lar yer,
Yorqinroq chaqnaydi ko’k yulduzlari.

Sen ermak emassan, sen non, sen orom,
Orzu pokiza.
Sen hayot! Hayotni kuyla sen mudom,
Ey, mushoira!
Sen chorla, ovozing eshitsin jahon!

She’rning urib turgan yuragi bo’lib,
Hayotning eng ajib kuyiga to’lib.  
Davramizga kirsin ishchi va dehqon,
Hayot san’atkori eng oddiy inson.  

Balki u she’r yozib, o’qimagan ham,
Ijodning lazzatli dardi begona.  
Kurashi –qalbida qaynagan ilhom,
Kitobi –erkka ishq, orzu va g’oya.  

Mayli, o’rin olsin, bu shonli safdan,
Shoirlar kuyiga bo’lsin hamovoz.
Mehnat-la yaratgan saodat, baxtdan
Naql etgan misralar keng qilsin parvoz.

Hayot go’zalligi she’riyatining
Yoniq nafasiga to’lsin bu jahon.
Xavfdan xalos bo’lgan bashariyatning
Qo’shig’in to’qisin ozod, tinch inson.  

Davramiz mehrga to’liq bir olam, Do’stlar bari jam,
Buyuk mushoira etadi davom,
Kelingiz, siz ham!

1958

@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
15.0K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:25:01 ...

Sharqning ham buzilmas odatlari bor,
Hindlar udumiga qilamiz amal.
Chordana quramiz mehmon va mezbon
Kamalakrang gilam uzra bemalol.  

Poygakda yechilgan xil-xil poyafzal, Mening nazarimda o’zi bir dunyo.
Har biri o’zida mehnat va go’zal
Eli tuprog’ini keltirgan go’yo.

Ajib Hindistonning mohir, mirishkor
Kosibin san’atin qilib namoyish
Hindlar sandallari tizilgan qator. (Sandal daraxtidan yasalgan emish).  
Juda soz! Albatta kiyib birini
Safarga do’stlar-la men ham chiqaman.
Har qo’lga tutqazib xalqim mehrini,
Buyuk Hindistonni yayov kezaman!  

Xitoyning bejirim, Bog’dodning puxta
Oyoq kiyimlari turar yonma-yon.
Qarayman, Seylon bor va boshqa juftda
Eron kosibining san’ati ayon.  

Mo’g’ulcha etiklar Panjob kashfiga
Ertak so’zlaganday egilib turar...
Ko’zlar quvonadi inson ishiga,
Shod etar tuprog’-u, mehnat va hunar.  
So’ngra tevarakka sezdirmay sekin
Men ham tuflimga tashladim ko’zim.
Yomon emas, Ahmad, mohir, kamtarin
Vatandosh, ishingga olqish o’qidim.  

Bilaman, sening ham bunda do’sting bor,
Balki Bombeyda u, balki Kashmirda.
Qayerda bo’lmasin xuddi sen misol Yashaydi davrada yangragan she’rda!

Chodir ichi gavjum, ko’zlar muntazir,
Mikrofon oldida davr sohibi:
Kumushday sochida jilvalanar nur,
Ko’zida yoshlikning so’nmas yolqini.  

Nelarni ko’rmadi bu ko’zlar? Yurtda
Ko’z yoshi daryoday oqqanin eslar.
Iroda va umid toblanib o’tda,
Qari haqsizlikni yoqqanin eslar.

Endi Hindistonning ustida oftob,
Shuning-chun yosh, dadil, munavvar boqar,
Bizni she’r bahsiga qiladi xitob,
Qo’shiq yuraklardan daryoday oqar.  

Go’zal tarjimondir zangori oqshom,
Har yurak hamdam.
Bizning mushoira etadi davom,
Do’stim, kel sen ham!

Mana, musiqaday, sevgiday mayin
Davraga kiradi Panjob bulbuli.
Nafis satrlari yoniq o’tdayin,
Jasur jaranglaydi onalik dili.

She’r o’qiydi Nepal, Vetnam, Xitoy,
Rus, tojik o’qiydi she’rini sarbast.
Qora alangaday soqolli singxlar,
Qorday oq libosli bengallar, hindlar.  

Zavqidan tebranib naq to’lqinli soy,
Tinglardi hayajon og’ushida mast.
Qo’shiq-chi? Goh kurash, goh qiz sevgisi.
Goh ko’kdan non kutib ko’r bo’lgan nigoh,

Goh go’dak kulgusi, goh banan isi,
Surmali ko’zlarning nozi bo’lib goh,
Goh bo’g’iq haqiqat dod, hayqirig’i,  
Gohi yulduz kabi yiroq, yorqin baxt.

Qullikka sanchilgan g’azabning tig’i,
Goh erk tantanasi bergan adolat
Osiyo, Afrika kartasi bo’lib,
Hayot alamiga, baxtiga to’lib,

Kirib kelar edi dildan dillarga.
Yellar misralarni dillardan yulib
Million yo’llar bilan butun ellarga  
Ketardi go’yo bir samimiy sayyoh,

Yolqin qanotida do’stlik va mehr.
Go’yo sharqliklarning baxtiga guvoh,
G’arbni chorlar edi davraga she’r.


@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
14.6K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:25:01 She'rda sokin va go'zal oqshomlarning birida hind diyorida bo'lib o'tgan ajoyib mushoira - shoirlar musobaqasi, ya'ni she'riyat bayrami tasvirlangan. Tadbirning o'ziga xos jihati shunda ediki, u muhtasham zalda emas, balki shundoqqina tabiat qo'ynida - hind xalqi odatiga mos ravishda oddiygina chodirda bo'lib o'tadi. Bir tasavvur qiling-a, bir yoqda oqshom sururi, bir yoqda gullar hidi, bir yoqda salqin shabboda va bir yoqda shoirlar bahsi davom etmoqda...

MUSHOIRA @Marxabo_Karimova
kanali

Go’zal tuproq uzra quyiladi oqshom,
Kunduz olar dam,
Jo’shqin mushoira etadi davom, Do’stim, kel sen ham!

Bunda uzoqdagi do’st bo’lar yaqin,
San’at, mahoratning bayrami bunda.
Qofiya, so’z, misra bahslari qizg’in,
Yuraklar davraga kiradi bunda.

Qay dil chamani boy, jozib nafasi,
Kimning fikri o’tkir, teran, bokira?
Bu gurung –shoirlar musobaqasi – Sharq she’riy chamani, bu mushoira.  

Hind tuprog’i uzra quyilib oqshom,
Kunduz olgach dam,
Jo’shqin mushoira etadi davom,
Do’stlar bo’lib jam.

Yuraklar jo’r ekan, ovoz hamohang,
Zarra ehtiyoj yo’q muhtasham zalga.
Bu she’r bog’ida go’zal, rang-barang
Qo’shiq solib kelgan har shoir dilga.  

Nil qudratin jo’shib kuylar bir shoir,
O’zgasi Gang misol qilar zamzama.
Faqat mango nusxa ajoyib chodir
Bu go’zal davraga ajib boshpana.  

Bengal ko’rfaziday ko’k edi oqshom,
Atrofda tabiat olardi nafas.
Rang-barang chiroqlar shu’lasi beson
– Osmon ko’zlarida etar edi aks.  

Salqin sohillardan esgan shabboda
Goh olib kelardi gullar bo’yini.
Goh hindu qiz kuyin, goh yaqin bog’da
– Sayragan anvoi qushlar kuyini.  

Lekin hokim edi davrda ilhom
Va jasur qalam.
Jo’shqin mushoira etardi davom, Do’stlar bo’lib jam.

O’zbek supasiday sahnada gilam
Chiroqda yonardi go’yo kamalak.
Sehr-u muhabbatin ko’rardi baham
Haqiqat va nurga intilgan yurak.  

Sahnaga chiqardi sipo va vazmin
Chinor ham, nihol ham she’r chamanidan.
Keksa-yu yosh ota-yu farzandday yaqin
Yonma-yon do’stlikning bu bayramida!

@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
13.8K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:25:01 МАРСИЯ

Еру осмон, тутинг мотам, яна бир меҳрибон кетди,
Ҳаётга, офтобга, гулга ошиқ, жонажон кетди.
Дили кенг, хулқи пок, ирфонга кон фозил жаҳон кетди,
Садоқат-ла этиб меҳнат, тошиб ҳурмат ва шон кетди,
Ажиб бир дўст, ажиб дилсўз, ажиб ширин забон кетди.

Яшар токай киши умрига бундоғ айрилиқ йўлдош,
Ажаб нодир ҳаёт кўзгусига отди ажал минг тош,
Фироқнинг ханжаридан дил жароҳатда тўкар кўз ёш,
Фалакнинг бу жафосига қаёндан олгумиз бардош,
Тилак, орзу, умид боғи камолида хазон кетди.

Кетар ер бағрига, афсус, бу дўстга алвидо денглар,
Чироғинг ўчмагай ҳаргиз, яшайсан биз аро денглар,
Тирикмиз дилда достонинг сира бўлмас адо денглар,
Кўзинг оч, дўсту ёронлар, бугун мотамсаро денглар,
Яшаб тўймай, неча орзу, умид, армон ниҳон кетди,
Юракларни солиб фарёдга, дўсту меҳрибон кетди.

1968

@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
13.3K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:25:01
***

Энг гуллаган ёшлик чоғимда...

Энг гуллаган ёшлик чоғимда,
Сен очилдинг кўнгил боғимда.
Шунда кўрди кўзим баҳорни,
Шунда қалбим таниди ёрни.
Қушлар сайрар жонимга пайваст,
Мен севгининг бўйи билан маст,
Куни билан далада қолдим,
Лолазорлар ичра йўқолдим.
Қучоқ-қучоқ гуллар терганим
Ва келтириб сенга берганим
Кечагидай ҳамон эсимда,
Ҳар сония, ҳар он эсимда.
Шундан бери тилимда отинг,
Шундан бери дилимда отинг…
Энг гуллаган ёшлик чоғимда
Сен очилдинг кўнгил боғимда.

    ҲАМИД ОЛИМЖОН
1937 й

@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari
14.5K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 08:25
Ochish/sharhlash
2023-02-24 05:34:53 МАРСИЯ

Еру осмон, тутинг мотам, яна бир меҳрибон кетди,
Ҳаётга, офтобга, гулга ошиқ, жонажон кетди.
Дили кенг, хулқи пок, ирфонга кон фозил жаҳон кетди,
Садоқат-ла этиб меҳнат, тошиб ҳурмат ва шон кетди,
Ажиб бир дўст, ажиб дилсўз, ажиб ширин забон кетди.

Яшар токай киши умрига бундоғ айрилиқ йўлдош,
Ажаб нодир ҳаёт кўзгусига отди ажал минг тош,
Фироқнинг ханжаридан дил жароҳатда тўкар кўз ёш,
Фалакнинг бу жафосига қаёндан олгумиз бардош,
Тилак, орзу, умид боғи камолида хазон кетди.

Кетар ер бағрига, афсус, бу дўстга алвидо денглар,
Чироғинг ўчмагай ҳаргиз, яшайсан биз аро денглар,
Тирикмиз дилда достонинг сира бўлмас адо денглар,
Кўзинг оч, дўсту ёронлар, бугун мотамсаро денглар,
Яшаб тўймай, неча орзу, умид, армон ниҳон кетди,
Юракларни солиб фарёдга, дўсту меҳрибон кетди.

1968

@Zulfiyaxonim_haqida
13.5K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 02:34
Ochish/sharhlash
2023-02-24 05:34:52
***

Энг гуллаган ёшлик чоғимда...

Энг гуллаган ёшлик чоғимда,
Сен очилдинг кўнгил боғимда.
Шунда кўрди кўзим баҳорни,
Шунда қалбим таниди ёрни.
Қушлар сайрар жонимга пайваст,
Мен севгининг бўйи билан маст,
Куни билан далада қолдим,
Лолазорлар ичра йўқолдим.
Қучоқ-қучоқ гуллар терганим
Ва келтириб сенга берганим
Кечагидай ҳамон эсимда,
Ҳар сония, ҳар он эсимда.
Шундан бери тилимда отинг,
Шундан бери дилимда отинг…
Энг гуллаган ёшлик чоғимда
Сен очилдинг кўнгил боғимда.

    ҲАМИД ОЛИМЖОН
1937 й

@Zulfiyaxonim_haqida
14.8K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 02:34
Ochish/sharhlash
2023-02-24 05:31:42
Yashash aziz hissi tanda kezganda,
Umr ko'pi kechib, armon dilni ezganda,
Hatto o'zni hasta, zaif sezganda,
Og'ir, benaf o'ydan yurak bezganda
Seni kuylayman, hayot!

Har sahfang o'qilgich yangi bir kitob,
O'tmishmi, ertami tug'ilar har bob —
Yashash va yozishga qilganda xitob,
Sukut hijolatin yengmoq azmida
Seni kuylayman, hayot!

Har fasl bir ajib tarovat to'ksa,
To'kin kuz hosili shoxlarni buksa,
Yangi rizq-yomg'ir, qor tog'larga cho'ksa,
Bahor gulin ko'zga surtmoq azmida
Seni kuylayman, hayot!

Sen o'zing kun sari o'sgan farzandim,
Goh chaqnoq shodligim, goh achchiq zardim.
Mehnat zafarlarim, beshifo dardim,
Do'stdan mehr — maktub kutmoq azmida
Seni kuylayman, hayot!

Sening o'zing shirin va tansiq tuhfa,
Har umr baxt shonin yo'g'urar supra,
Yo'g'urmoq ming taxlit va ming bir turfa;
Bu maktabni qayta o'tmoq azmida
Seni kuylayman, hayot!

Kuylayman, kuylamoq kun sari mushkul,
Men senman, sen mening borligim butkul.
Yelkamga yuk ortib, qo'limdan tutgil,
Seni kuylayman, hayot!

@Zulfiyaxonim_haqida
13.8K views̱̱̱✆̱̱̱̲̲̲̲℡₊₉₉₈ᷲ₉ᷭ₅ᷝ₇ᷞ₇ᷩ₀ᷪ₁ᷜ₂₀₈ , 02:31
Ochish/sharhlash