Get Mystery Box with random crypto!

MUHABBAT TONGI KULGANDA Oqshom edi, oydin ko'prikda Barno | Zulfiyaxonim haqida

MUHABBAT TONGI KULGANDA

Oqshom edi, oydin ko'prikda
Barno qiz-u yigit turardi,
Oyni kutgan oqshomgi ko'kda
Beshik-beshik bulut yurardi.

Bulutlaming yorib quchog'in,
Oy ko'rsatdi olmos yuzini.
Mag'rur tashlab yerga nigohin,
Tinglab qoldi yigit so‘zini.

«Xohi inon, xohi inonma,
Sening sevging qilmoqda shaydo.
Bunday yonish begona jonda
Bir o'chmas o‘t bo'libdi paydo!»

Oy suzadi yel sari mayin,
Ikki qalbni yoqar bir otash.
Yoniq dilning baxtiyor nayin
Yutmoq bo'lur sukut jafokash.

Yigit sevgi tongini kutar,
Qiz ko'ziday quyuladi tun.
Lekin uzun kipriklar o‘ta —
Yarqiraydi baxtga to‘la kun.

«U bir o‘tki, seni ko'rmasam
Iztirobga solar jismimni,
Lol qolaman — axtarib topsam,
Unutaman hatto ismimni.

Xoh inongin, inonma xohi,
Xayolimda kezasan yolg'iz.
Meni sevgin!»
Yigit nigohi
Sevgi tilar — sukut qilar qiz.

Oppoq pag'a bulut ustida
Hayron suzar keksa oysuluv.
Yulduzlami quchib ko'ksida,
Anhor to'lib jo'shib oqar suv.

Shu choqqacha ishqin qiz faqat
Dildan so'rab aytgandi dilga.
Ilk, musaffo, katta muhabbat
Qiz dilidan kelmasdi tilga.

Hozir yurak bir nigoh bo'lib
Boqqan edi yigit ko‘ziga.
Oqshom ogushiga nur to'lib,
Tong kulganday bo'ldi yuziga.

Elda qo'shiq, ko'prikda shu’la,
Baxt-la tepdi ikki yosh yurak...
Oy so'zladi yulduzni to'plab,
Sevgi tongi haqida ertak.

1936


@Zulfiyaxonim_haqida_sherlari