Get Mystery Box with random crypto!

'Oshxona jixozlari' mavzusiga mos bo'lgan she'r. Bog'chada id | 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿

"Oshxona jixozlari" mavzusiga mos bo'lgan she'r.

Bog'chada idish tovoq,
Uyimizda ham idish.
Tarelkalar tahlangan,
Kerak emas qidirish.
Oldimizda kapgir bor,
Qora qozon yonida.
Juda mazali ekan,
Oyijonim nonida.
Pichoq uzi ishlaydi,
Go'shtga piyozga kerak.
Kartoshka mevalarni,
Archib berar u demak.
Bizga cho'mich qoshiqni,
Juda katta roli bor.
Chuqur yog'och qoshiqni,
Rang barang xoli bor.
Bonkamizning xizmati,
Qaynatilgan suv uchun.
Tozalikda hamshira,
Kurar bolalar kuchin.
Qirgichdan o'tgan olma,
Ta'mi tilni yoradi.
O'zini idishini,
Bolajonlar oladi.
Mana idish tovoqni,
Bilib oldik boricha.
Bolalar uyda qolib,
Ishlatadi xolicha.
Biz uydami bog'chada,
Idish toza tutamiz.
Bog'chada bolalarni,
Tez kunda biz kutamiz.
Idish tovoq jangida,
Qoshiq velka va pichoq.
Qozon suvni qaynatgan,
Albatta sirli o'choq.
Idishlar hamma vaqtda,
Kerak ekan bizlarga.
Oshxonani bo'shating,
Yosh pazanda qizlarga.

Muallif : Xurshid Abdiyev

Sizda ham oylik va haftalik mavzularimizga mos bo'lgan ijod namunalaringiz bo'lsa bizga yuboring! (She'r, qo'shiq, videorolik va hakazo)

            Boshqalarga ham ulashing!


@ZukkoTarbiyachi