Get Mystery Box with random crypto!

SAYYORALAR - Quyoshning atrofida Uchar sakkiz sayyora, - Sin | 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿

SAYYORALAR

- Quyoshning atrofida
Uchar sakkiz sayyora, -
Singlisiga bir kuni
Sanab berdi Diyora:

- Birinchisi Merkuriy,
Eng kichigi ham shu, - der.
- Ikkinchisi Venera,
Uchinchisi bizning Yer!

Keyingisi Mars bo‘lsa,
Beshinchisi Yupiter!
Yupiter sayyorasin
Eng katta sayyora, der.

Yana biri ulkandir,
Uning nomi Saturn
Yettinchisi Urandir,
Eng so’nggisi bu – Neptun.

To‘lqin SIDDIQ

https://t.me/ZukkoTarbiyachi