Get Mystery Box with random crypto!

Siz ham roʻzadormisiz?   Bir necha yigit Ramazon oyida bir moʻ | 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿

Siz ham roʻzadormisiz?
 
Bir necha yigit Ramazon oyida bir moʻysafid otaxonning odamlar koʻzidan pana joyda taom yeyayotganini koʻrib qolishibdi:
– Ie, Otaxon! Siz roʻzadormasmidingiz?

Otaxon:
– Nega? Albatta roʻzadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.

Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?

Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni gʻiybat qilmayman,
• Hech kimning koʻngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qoʻpol muomala qilmayman,
• Birovning moliga koʻz olaytirmayman.
• Lekin...  ming  afsuski  kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga meʼdamni roʻzador qilolmayapman.
Soʻngra otaxon yigitlardan soʻradi:
- Sizlar ham roʻzadormisizlar bolalarim.

Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yoʻq! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos.

Aziz qadrdonim! Siz ham roʻzadormisiz?


@ZukkoTarbiyachi