Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni Abdurahmon ibn Avf raziyallohu anhu, mo‘minlarning ra | Zukko Test

Bir kuni Abdurahmon ibn Avf raziyallohu anhu, mo‘minlarning rahnamosi Hazrati Umar raziyallohu anhuning ziyoratiga keldilar. Salom berib, kutib turdilar. Xalifa Hazrati Umar raziyallohu anhu yonib turgan shamni o‘chirib, keyin boshqasini yoqdi. Bu ahvol mehmon diqqatini tortdi, u Hazrati Umar raziyallohu anhuga:

“Ey, mo‘minlarning amiri! Oldingizda sham yonib turardi, uni o‘chirdingiz. Yana unga o‘xshash shamni yoqdingiz. Buning nima hikmati bor?” – dedilar.
Hazrati Umar raziyallohu anhu tabassum bilan: “Ey, Abdurahmon! O‘chirganim davlatning shami (molidir). Yoqqanim esa o‘zimning shaxsiy shamim, o‘z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o‘tirganimda, davlat shamini yoqish halol bo‘lmaydi, shuning uchun uni o‘chirdim, o‘z shamimni yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman”, – dedilar.

Shunda Abdurahmon ibn Avf raziyallohu anhu: “Yo Alloh! Umar ibn Hattobni boshimizdan nari qilmagin”, – deb duo qildilar.

Testlarda o'zingizni sinab ko'ringchi
@zukko_test @zukko_test
@zukko_test @zukko_test