Get Mystery Box with random crypto!

Yana ikkita oliygoh akademik va moliyaviy mustaqil boʻladi Yi | Zukhriddin Hasanov | Blog

Yana ikkita oliygoh akademik va moliyaviy mustaqil boʻladi

Yig'ilish davomida sohada kadrlar tayyorlash tizimini oʻzgartirish vazifalari ham belgilandi.

Bunda Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi:

- Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti urbanizatsiya, arxitektura, dizayn, madaniy meros obyektini tiklash;

- Toshkentdagi institut muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yoʻnalishlariga ixtisoslashadi.

Talabalar yetakchi loyiha-qidiruv institutlari va qurilish klasterlariga biriktiriladi.

Shuningdek, ushbu ikki oliygohda 1-sentabrdan xalqaro taʼlim dasturlari asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga koʻrsatma berildi.

Bizni kuzating: @eduuz