Get Mystery Box with random crypto!

Superligada yetakchi yana o‘zgaradimi? OFK kubogidan yaxshi k | Zuhriddin Qilichev

Superligada yetakchi yana o‘zgaradimi?

OFK kubogidan yaxshi kayfiyatda ortga qaytgan “So‘g‘diyona” bugun 13-turning so‘nggi o‘yinida maydonga tushadi. Raqib “Qizilqum”. Ulug‘bek Boqoyev jamoasi g‘alaba qozonsa, yetakchi bo‘lib oladi. Navoiyliklarga 3 ochko yetakchilar guruhiga qo‘shilish imkonini beradi. Durang ham bo‘lishi mumkin.

So‘g‘diyona - Qizilqum chempionatlarda 38 marotaba kuch sinashishgan. Shundan 9 uchrashuvda “So‘g‘diyona” zafar quchgan. “Qizilqum” 16 marta g‘alaba qozongan. Qolgan 13 uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

To‘plar nisbati 37 - 50 “Qizilqum” foydasiga. So'g'diyonaning eng yirik g‘alabasi 4-1 xisobda qayd etilgan bo‘lsa, “Qizilqum”ning eng yirik g‘alabasi 1-4 xisobda bo‘lgan.

Jizzaxda o‘tgan so‘ngi 5 uchrashuv natijalari:

So‘g‘diyona - Qizilqum 2-1 25.08.2021
So‘g‘diyona - Qizilqum 1-1 29.11.2020
So‘g‘diyona - Qizilqum 1-0 11.08.2019
So‘g‘diyona - Qizilqum 2-2 13.09.2018
So‘g‘diyona - Qizilqum 1-3 29.03.2018

So‘g‘diyona - Qizilqum ?-? 05.07.2022

@zuhriddin_qilich