Get Mystery Box with random crypto!

Zokirov

Telegram kanalining logotibi zokirovdiyorbek — Zokirov Z
Telegram kanalining logotibi zokirovdiyorbek — Zokirov
Kanal manzili: @zokirovdiyorbek
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 152
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy blog - ommaviy rivojlanish.
Aqlsiz bolaning aqlli postlari)

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-28 06:34:15 #reading_challenge

Kitoblar.......


Kitoblar g‘oyalarni tarqatib, aholini nazorat qilishni ancha qiyinlashtiradi. Bu g‘oyalardan ayrimlari iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish bo'yicha qimmatli yangiliklar bo'lishi, ayni paytda, ba'zilari buzg'unchi g‘oyalar bo‘lishi, mavjud siyosiy va ijtimoiy vaziyatga xavf tug'dirishi mumkin. Kitoblar, shuningdek, og‘zaki bilim egalarining ta'sir kuchini ham pasaytirib yuboradi, negaki kitoblar
savodi bor har kimga bilim olishni oson qilib qo‘yadi. Bu esa bilimlar elita* nazorat qiladigan mavjud vaziyatni izdan chiqarish xavfini yuzaga keltiradi.

Elita - mamlakatdagi barcha boylikni katta qismini amaldagi kichik bir insonlar guruhini qo'lida to'planishi. Shu insonlarga nisbatan ishlatilgan atama.


"Mamlakatlar tannazuli sabablari" kitobidan.

P.S. Kitob o'qimang. Nega deysizmi? Kitoblar sizni qarashingizni va fikrlashingizni tubdan o‘zgartirib, siz ortiq o'zingiz bilgan shaxs emassiz. Rivojlanish va yuksalishni xohlaysiz. Lekin.....


Sizning kitobxon do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
45 views03:34
Ochish/sharhlash
2022-09-26 17:20:41
"Sohibjamol va Mahluq" filmidan qissadan-qissa shuki: chiroy va tashqi ko'rinish siz va biz o'ylaganchalik muhim emas.

P.S. Agar siz millader bo'lib, butun boshli qasrga egalik qilsangiz

Sizning hazilkash do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
49 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-09-26 16:40:47 #reading_challenge

Bismillah.

"Duo " haqida o'qiganlarimiz va olgan tushunchamiz borasida so'z yuritamiz. Quyidagi oyat bilan boshlamoqchiman, " Banda sajda xolida Robbiga eng yaqin holda bo'ladi, bas , unda duoni ko'p qilinglar " ( Baqara surasi, 186-oyat) Sajda holida banda Allohga yaqin bo'ladi deyilgan ushbu oyatni o'qigan on, uyalasan kishi, ahir shunday imkoniyat borida, namozga ham erinib qolyapmiz gohi. Imom Hokim rivoyatiga ko'ra " Duo- mo'minninng quroli, dinning ustuni va osmonlaru yerning nuridir". Quyida duo qabul bo'lishini to'sadigan sabablar sanab o'tilgan:
● Duoda dushmanlik bo'lgani sababidan Alloh xush ko'rmaydigan duo, ya'ni niyat to'g'ri bo'lmasa.

● Duo vaqtida qalbning zaifligi va Allohga bor vujudi bilan ibodat qilmasligi.

● Xarom yeyish va Zulm qilish

● Qalblarda gunohlar mog'or bo'lib o'rnashadi. Qur'oni karimda bunday deyilgan: " Yo'q, ularning kasblari qalblariga mog'or bo'lib o'rnashib qolgandir" (Mutaffifin surasi, 14-oyat)

Quyidagi bandlarda esa duo qabul bo'ladigan vaqtlar Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlari negizida yozildi:

• Tunning oxirgi uchdan birida

• Azon vaqtida

• Azon va Iqomat orasida

• Farz namozlarining so'ngida

• Ramazon oyida

• Qadr kechasida

• Arafa kunida

• Juma kechasida

• Juma kuni imom minbarga chiqqan vaqtdan to namoz tugagunga qadar bo'lgan vaqt.

• Juma kuni Asr namozidan keyingi oxirgi soatda

• Sajda qilingan vaqtda

• Qur'oni karim xatmi vaqtida

• Zikr majlislari paytida

Kimningdir duosi qaysi mahal amalga oshishi avvalo yolg'iz Allohga ayon.

Foydali bo'lgan bo'lsa boshqalar bilan baham ko'ring !

@Faxriddins_Blog
45 views13:40
Ochish/sharhlash
2022-09-26 16:06:57 #reading_challenge

#hikmati_tarixiy

Qo‘sh iqtisodiyot tushunchasi haqida so'z yuritadigan bo‘lsak, bunga yorqin misol sifatida Janubiy Afrikani olish mumkin. Oq tanli fermerlar bilan raqobatni yo'q qilish va katta miqdordagi kam maoshli ishchi kuchini yaratishdan iborat har ikkala maqsad Janubiy Afrikani ikkiga: zamonaviy, taraqqiy etgan va an'anaviy, kambag'al qismlarga bo'lib tashladi. Xususan, yer maydonlarining 87% i aholining taxminan 20%ini tashkil etgan qilgan Yevropaliklarga berilishi belgilandi va qolgan 13%i Afrikaliklarga berildi. Mamlakatning Yevropaliklarga ajratilgan qismida odamlar shaharlarda yashar, yaxshi ta'lim olgan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanardi. Qora tanlilar esa kambag'al, qishloqda yashar va taraqqiyotdan qolib ketgan bo'lib, mehnat unumdorligi past, aholi esa savodsiz edi. Shu tariqa iqtisodiy bo'linish Janubiy Afrikani 50 yil ortda qolishiga olib keldi. Oq tanlilar raqobatga duch kelmasligi va yuqori maosh olishi uchun qora tanlilar atayin ta'lim olishdan saqlab turildi va yuqori malakali ishlardan chetlatildi. Bu kabi iqtisodiy tushish Yevropaliklar tufayli ko'plab mamlakatlarda, xususan Hindistonda ham kuzatildi va bu haqida keyinroq gaplashamiz.

"Mamlakatlar tannazuli sabablari" kitobidan.

P.S. Bu uzun postni o'qib zerikib ketmadingiz degan umiddaman va shaxsan men shunday mazmunli postlarni yoqtiraman. Oldi-qochdi gaplarni uncha xushlamayman.

Sizning kitobxon do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
44 views13:06
Ochish/sharhlash
2022-09-26 11:50:26 #brendi_tarixiy

Starbucksning dastlabki kofe do'koni 1971yil 30-martda Vashingtonning Sietl shahrida ochilgan. Uni San-Frantsisko universitetida birinchi marta talaba sifatida tanishishgan Jerri Bolduin, Zev Sigl va Gordon Bouker biznes hamkorlikni tashkil qilishgan. Boukerning eslashicha, uning biznes sherigi Terri Xekler "st" harflari bilan boshlangan so'zlarni qudratli deb o'ylagan va bu asoschilarni brend nomini topish umidida "st" bilan boshlanadigan so'zlar ro'yxatini yaratishga undagan. Ular Kaskad tizmasidagi konchilar shaharchasi bo‘lgan "Starbo" ni tanladilar va undan guruh "Starbuk" ni, Mobi-Dik kitobidagi bosh qahramonning ismini esladi. Mobi-Dikni Starbucksga to'g'ridan-to'g'ri aloqasi yo'q va bu berilgan nom shunchaki tasodif.

Manashu 3 ta talaba tomonidan asos solingan Starbucks brendining hozirgi kunda yillik 30 mlrd dollar daromad bilan 35 mingga yaqin do'konlari 84 ta davlatda joylashgan.

P.S. Rasm shaxsan men tomonimdan olingan bo'lib, Incheon, Koreyada joylashgan. Afsuski, Starbucks ning O'zbekistonda rasmiy do'konlari yo'q.

Sizning tarixchi do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
58 views08:50
Ochish/sharhlash
2022-09-26 11:45:01 Manashu brend haqida post chiqish arafasida.
56 views08:45
Ochish/sharhlash
2022-09-26 11:45:01
56 views08:45
Ochish/sharhlash
2022-09-26 09:02:32 #darak_gap

Ishoning, yaxshi qizlarni dunyoning har bir burchagidan topish mumkin. Lekin afsuski, yer dumaloq.

Sizning maslahatgo'y do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
59 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-09-25 15:41:34
Siz ham tirikmisiz?

Sizning tafakkurlovchi do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
63 views12:41
Ochish/sharhlash
2022-09-25 09:00:48
Gapirishdan oldin uni ulangan ekanligiga ishonch hosil qil.

Sizning so'zamon do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek
62 views06:00
Ochish/sharhlash