Get Mystery Box with random crypto!

Koreya va O'zbekiston metropoliteni o'rtasidagi tafovutlar: | Zokirov

Koreya va O'zbekiston metropoliteni o'rtasidagi tafovutlar:

Yangi va top-toza poyezd;

Metrodagi ya'ni yer ostidagi bozorlar.

Metroda homildorlar o'tirishi uchun pushti rang bilan bo'yalgan alohida joy va ko'pincha o'rindiqlar liniyasining eng o'ng va chap qismida joylashgan;

Metroda qariyalar uchun alohida joy;

Metroda sumka va yuklarni qo'yish uchun alohida joy;

Metrodagi har bir eshikni tepasida metro xaritasi va metroda tekin hojatxonalar;

Poyezdda sizga joy yetmaganida vagondan vagonga o'tish uchun eshiklar;

Terminalga poyezd to'xtaydigan joyda poyezd eshiklari ochilishidan oldin qo'shimcha xavfsizlik eshiklari. Poyezd keladi va to'xtaydi, o'sha eshiklar ochiladi va keyin poyezd eshiklari ochiladi. (Shuning uchun dunyodan to'ygan bo'lsangiz, o'zingizga boshqa joy topishizga to'g'ri keladi :)

Avtobusdagi kabi ushlagichlar;

Metrodagi deyarli hamma odam telefondan ko'z uzmaydi. Bu go'yoki keng tarqalgan kasalikka o'xshaydi;

Metroda qizlarga yoki ayollarga joy berish yo'q. O'tirib olgan bo'lsangiz bo'ldi, o'rnizdan turib joy bersangiz boshqacha tushinishi mumkin;

Odamlar bir-biriga yordam bermaydi. Misol uchun, yugurib ketayotganimda bir qariya ayol sumkalarini zo'rg'a ko'tarib ketayotganiga ko'zim tushdi va afsuski hech kim yordam beray demaydi.
(Men juda shoshilayotgandim):

Metro Toshkentdagi kabi yarim tungacha ishlamaydi vaqti tahminan tungi 10:30 largacha.

Sizning Seouldagi do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek