Get Mystery Box with random crypto!

Kun savoli: Biz rostan ham ajdodlarimizga qaraganda uzoqroq y | ZσƙιɾOFF

Kun savoli:
Biz rostan ham ajdodlarimizga qaraganda uzoqroq yashaymizmi?

BBC dagi maqolaga ko'ra, BMT tomonidan yig'ilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, 1960-yilda odamlar o'rtacha 52,5 yil umrguzaronlik qilishgan bo'lsa, hozir bu o'rtacha 72 yilni tashkil etadi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada tomonidan to'plangan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki insonlar 1841-yilda o'rtacha 42 yil yashagan bo'lsa, 2013-yilda bu ko'rsatkich 83 yil bo'lgan. Zamonamizning zamonaviy olimlari, yuqori intellektual texnologiyalar tufayli tibbiyot misli ko'rilmagan darajada rivojlandi va ko'pincha biz shuni insonni hayoti davomiyligi uzayganligiga sabab qilib ko'rsatamiz. Lekin, aslida bizni ajdodlarimiz bizdan ko'p yashay olishmaganmi? Bu yerda, ha shu yerda, o'rtacha so'zi kalit so'zdir. Bizdagi ma'lumotlar, Qadimgi Yunonistonda odamlar 30-35 yosh qari hisoblangan desa, ba'zibir shaxslar, misol uchun Qadimgi Rim imperatori Augustus 75 yoshni qoralaganini ham yoqlaydi. Xo'sh, tushunarsiz. Gapni iddaosiga o'tsak, qadimda ocharchilik, urushlar asosan insonni erta vafotiga sabab bo'lgan. Misol uchun, XV asrda ikki shaxsdan biri 35 yoshda jangda halok bo'lsa, ikkinchisi 70 yoshgacha yashasa, o'rtacha hayot davomiyligi 52 yosh bo'ladi, lekin XX asrda ikki shaxsdan biri 65 yoshda, ikkinchisi 70 da vafot etsa, o'rtacha hayot davomiyligi 67.5 bo'ladi. Ha, shunday. Bizda, o'tmish haqida ma'lumotlar kamligi bariga sababchi va xulosa qilish mumkinki, garchi tibbiyot rivojlangan bo'lsa ham, uni rivojlanishiga turtki bo'lgan omillar ham rivojlanmoqda(fast food, jismoniy nofaollik) va hayot davomiyligi deyarli bir xil.

Sizning izlanuvchi do'stingiz:
@zokiroffpost