Get Mystery Box with random crypto!

Gaz va elektr toki muammosi haqida.. O'zim Janubiy Koreyada b | ZσƙιɾOFF

Gaz va elektr toki muammosi haqida..

O'zim Janubiy Koreyada bo'lsam ham, internetda elektr toki va gaz muammosi haqida tanqidlarga tez-tez ko'zim tushadi. Afsuski, bu muammo bu yo‘sinda hali-beri yechilishidan darak yo'qdek.

Soha qachon to'liq reformatsiyadan o'tsa va XUSUSIY SEKTORga topshirilsa va aholi gaz va elektr tokiga uning asl tan narxida to'lov qilsagina yaxshilanishi mumkin. Lekin, gaz va elektr tokining real narxiga "tepadagilar" tomonidan ko'tarilishi xalq orasida noroziliklarga sababchi bo‘lishi mumkin. Shunda eng oddiy yechim bu - kunlar iliqlashib, xalq sal himoridan tushishini kutishdan iborat.

Unutmang, bozorining oltin qoidasi: qachonki mahsulot o'zining real narxidan arzonga sotilsa, u har doim defisit bo'ladi ya'ni yetishmaydi.

P.S. Ba'zilarning fikricha "svet" yo‘q joyda, romantika bo'larmish va yana ba'zilar qamoqxonaga tushganmisan deb savol beradi.


Sizning aqlli do'stingiz:
@zokiroffpost