Get Mystery Box with random crypto!

11-14 avgust kunlari “Qirgʻiziston-2022” xalqaro yoshlar sammi | ZIYO FORUM UZ

11-14 avgust kunlari “Qirgʻiziston-2022” xalqaro yoshlar sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda “Ziyo forum” fondi direktori Bobur Farmonov Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida ishtirok etdi.

“Bugungi kun yoshlarining faoliyati: bugundan kelajak sari” mavzusidagi yoshlar sammiti 8ta davlatdan (Qirgʻiziston, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkiya, Malayziya, Ozarbayjon va Vengriya) yosh jamoatchilik fikri yetakchilarini birlashtirdi. Xalqaro muloqot platformasi tufayli delegatsiyalar vakillari ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish borasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Sammit davomida ekologik xavfsizlik, jahon siyosatidagi yoshlar, ijtimoiy tarmoqlar va tadbirkorlikdagi yoshlar kabi turli ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularda panel muhokamalari tashkil etildi.

Xalqaro yoshlar sammiti yakunida “Ziyo forum” jamgʻarmasi Turkiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Vengriya yoshlar tashkilotlari bilan kelgusida hamkorlik qilishni rejalashtirib oldi.

@Ziyoforum_uz