Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu shanbada kitoblarni muhokama qilishga bagʻishlangan konf | ZIYO FORUM UZ

Ushbu shanbada kitoblarni muhokama qilishga bagʻishlangan konferensiyada ishtirok eting!

18-dekabr, 10:00dan 13:00gacha

“Kitobdan gapiramiz” tadbirida besh nafar bookbloger bir-biridan qiziqarli nutq qiladi va mehmonlar bilan suhbatlashadi.
Siz tadbirda oʻzingiz uchun juda koʻp qiziqarli asarlarni kashf qilishingiz va eng muhimi — kitoblar yutib olishingiz mumkin.

Spikerlar:
Mohina Nursaidova - kitob-bloger va “bookowski” onlayn doʻkoni asoschisi.

Ma'rufjon Ochilov - “Daryo.uz” axborot saytida jurnalist, Telegramda “Maʼrufjon Blogi” kanali asoschisi va kitobxon bloger.

Nazarbek Nazarov - Book bloger, tarjimon, kopirayter va “Gazeta.uz” internet-nashri kolumnisti.

Saidrasulova Ifeekxon - Yeoju texnika institutining Koreys tili filologiyasi talabasi. Book bloger va Study bloger.

Jasurbek Bozorboyev - Book bloger, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Panda Books” loyihasi muallifi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish lozim (havola profilda keltirilgan)

Manzil: Ziyo Forum binosi, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 12-uy

@Ziyoforum_uz