#bormi She'r Gʻururlanma ojiz banda, Oʻlmaslikka chora bormi | Blog | To'lqin Ziyodullayev

#bormi

She'r

Gʻururlanma ojiz banda,
Oʻlmaslikka chora bormi,
Kuz hazon qilgan gul kabi,
Soʻlmaslikka chora bormi?!

Hayot davru davron oʻtar,
Har kimsani hisob kutar,
Yogʻi bitgan chiroq tutar,
Soʻnmaslikka chora bormi?!

Shoshib kirma egri yoʻlga,
Jon fido qil toʻgʻri yoʻlga,
Shirin joning Azroilga,
Bermaslikka chora bormi?!

Doʻst koʻringan hamma doʻstmas,
Ibodat qil, umr kutmas,
Yotib koʻr goʻrda ham bir pas,
Yotmaslikka chora bormi?!

Oʻylamay qoʻyding oʻlishni,
Tark qilmading hech kulishni,
Eslatay: kafan kiyishni,
Kiymaslikka chora bormi?!

Botil bilan kamolotga,
Yetmay qolursan uyatga,
Tobut degan yogʻoch otga,
Minmaslikka chora bormi?!

Turib mazlum tomonidi,
Savob ishla zamonida,
Sodiq doʻstlar armonida,
Ketmaslikka chora bormi?!

Koʻtarilar koʻzdan parda,
Koʻrajaksan kim qayerda,
Uy qazilmish qaro yerda,
Kirmaslikka chora bormi?!

Munkar Nakir kelar albat,
Robbing kim, deb soʻrar albat,
Moʻmin javob berar albat,
Bermaslikka chora bormi?!

Muallif: topa olmadim

@ziyodullayev_tolqin
Blog | To'lqin Ziyodullayev

Blog | To'lqin Ziyodullayev

@ziyodullayev_tolqin
35 Obunachilar
Dizayn Toifa
Bir bog'dan bir tog'dan kelaman. Asosan dizayn bo'lgan har xil mavzular haqida o'z fikrlarimni o'rtoqlashib boraman. Portfolio: @tolqin_ziyodullayev....