Get Mystery Box with random crypto!

Metrolarda ayollarga huquq bering! Metroda ko'p yurmaganim sa | Blog | To'lqin Ziyodullayev

Metrolarda ayollarga huquq bering!

Metroda ko'p yurmaganim sababli ancha narsani bilmas ekanman. Bu yerda maxsus akaxonlar bor ekan. Vazifalari: ertalab bu yerda odam ko'payib ketgan paytlari olamonni tartib bilan metroga kirgazish va sig'may qolgan odamlarni "tiqib" ichkariga kirgazib yuborish ekan.

1. Endi tasavvur qiling u yerda qancha ayollar bor, ular shuncha erkaklarni orasida "tiqilib" ketishga majbur bo'lishayapti.Bu esa hammamiz bilamizki qanaqa holatga olib kelishini, hech kim u yerda opasi, singlisi, onasi yoki ayoli ketishini xohlamagan bo'lar edi.

2. Odam shu qadar ko'pki bu yerdagilar 3-4 ta metro o'tkazib yuborishyapti. Odamlar ishlariga kech qolishayapti, qancha vaqtlarini stansiyalarda metro kutib o'tkazib yuborishyapti...
Shaxsan o'zim 2 ta metro o'tkazib yubordim. Iloj yo'q, joy yo'q

Qissadan hissa: Ushbu holatlar yuzasidan mutasaddilar tegishli choralar qo'llashini kutib qolardim va sizlarni ushbu loyihani qo'llab-quvvatlashga chaqiraman.

Loyiha haqida batafsil bu yerda

@ziyodullayev_tolqin