2020-09-04 06:18:50
#primetime
#Juma kunining sunnatlari:
1. G'usl qilish: Rasululloh sollalohi alayhi va sallam shunday deganlar: " #Juma kuni g'usl qilish har bir balog'atga yetgan kishining burchidir.
2. Rasululloh sollalohi alayhi va sallam shunday deganlar: "Kim #Juma kuni g'usl qilib qo'lidan kelgancha poklanib, sochini yog'lasa, uyidagi atrdan sepsa, so'ng masjidga borib odamlar orasidan hatlab o'tmasa, istaganicha NAFL o'qisa so'ng imom kelganda jim turib tinglasa, Alloh uni kelasi #Juma gacha bo'lgan gunohlarini kechiradi." degan ekanlar.
3. #Juma namozida odamlar orasidan hatlab o'tmaslik. Chunki bunday qilinsa odamlarga yoqmaydi va ayrimlarda sizga bo'lgan yomon hayol kelishi mumkin deyilgan.
4. Atir yoki Mushkiambar surtish: #Juma namoziga borganda odamlarga nohush hid bilan ozor bermaslik uchun atr va mushkiambar surtishni sunnat etganlar.
5. Eng chiroyli kiyimlarni kiyish va sochini yog'lash: Juma kuni biror bir yangi kiyim kiyish sunnat hisoblanadi hatto-ki, paypoq bo'lsa ham.
6. Misvoq ishlatish yoki tishlarini misvoqli suvda yuvish ham sunnatdir.
7. Kahf su'rasini o'qish Rasululloh sollalohi alayhi va sallam shunday deganlar: "Kim #Juma kuni Kahf su'rasini o'qisa keyingi #Juma gacha undan nur taralib turadi".
8. Iloji boricha ko'p duo qilish. Rasululloh sollalohi alayhi va sallam shunday deganlar: " #Juma kuni shunday bir vaqt bor-ki, u vaqtda hamma qilingan duolar ijobat bo'ladir."
9. Rasululloh sollalohi alayhi vassalamga iloji boricha ko'p salovat aytish.
10. #Juma kuni Ro'za tutmaslik.
Rasululloh sollalohi alayhi va sallam shunday deganlar: "Hech kim #Juma kuni Ro'za tutmasin. Biroq #Juma dan avval bir kun va undan keyingi bir kunda Ro'za tutsa ziyoda bo'lur.
@Zikr_vaqti_offical
104 views03:18