Get Mystery Box with random crypto!

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollalloh | Zikr ahlidan so'rang

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Ali, qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan kalimalarni o‘rgataymi?» dedilar. «Alloh meni sizga fido qilsin, o‘rgating», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qiyin ahvolga tushib qolsang,

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ، وَلاَ حَولَ وَلاَ قُوَّةَ إلاَّ بِاللهِ العَلِيِّ العَظِيمِ

«Bismillahir rohmanir rohiym. Va la havla va la quvvata illa billahil ’aliyyil ’aziym», deb ayt. Chunki Alloh mana shu duo bilan xohlaganicha, turli balolardan xalos qiladi», dedilar».

— Ibn Sunniy rivoyatlari
@Zikr_AhlidanSorang