Get Mystery Box with random crypto!

Mandat... Talaba bo'lganlarni tabriklayman, bu qaysidir ma'nod | Zerikishdan :)

Mandat...
Talaba bo'lganlarni tabriklayman, bu qaysidir ma'noda karyerangizning boshlanish bir qismi holos. Hali katta ishlar qilishingiz kerak, bo'shashmang. Talaba bo'lganingiz hamma ishni qoyillatib qo'yib, endi oyoqni uzatib yotish mumkin degani emas. Hozirdan harakatni boshlamasangiz 4 yildan keyin oliy ma'lumotli bekorchiga aylanasiz.
O'qishga kira olmaganlarni ham tabriklayman. O'z ustingizda ishlash uchun vaqtingiz ko'proq bo'ladi. Hozir kallada bilim bo'lmasa diplom shunchaki 2 varaq qog'ozga aylangan zamon. Oliy ma'lumotli taksist, vulkanizatsiya ustasi, gaz balon tarqatuvchi, quruvchi va shunga o'xshash kursdoshlarim bor...
Shunday kursdoshlarim bor, diplomini qo'liga ushlab ham ko'rmagan, yashashi yaxshi.
P.S. OTMni ancha avval tugatgan bo'lsam ham, hali ham diplomimni olmaganman, OTM arxivida chang bosib yotibdi. Hayotda diplomini olmagan odamlarni ko'plab uchrattim. Kelajagingizni qanday qurish o'zingizga bog'liq.

Video manbasi: https://www.instagram.com/p/CQJoOHsJPCz/?igshid=YmMyMTA2M2Y=